Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   186
Rekrutment Darslik

Litsenziyalash. 


235 
Vazirlar Mahkamasining 2.12.2020 yildagi 764-son qarori bilan 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga 
joylashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 
(12.09.2018 yildagi 725-son VMQ bilan tasdiqlangan) o‘zgartirishlar 
kiritildi. 
Hujjat bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritilishi munosabati bilan (13.08.2020 yildagi O‘RQ-632-son) hamda 
Prezidentning 15.09.2020 yildagi «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat 
migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4829-
son qaroriga muvofiq qabul qilindi. 
Xususan: 
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish 
bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga 
quyidagi bandlar kiritildi: 

xususiy bandlik agentligi tomonidan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi 
shartnomalarni litsenziyalovchi organning «labor-migration» axborot 
tizimida real vaqt rejimida ro‘yxatdan o‘tkazish; 

xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida bajarilgan shartnomalarga oid arxiv 
materiallarini shakllantirish va saqlash; 

xususiy bandlik agentligi to‘g‘risidagi, shuningdek, uning filiallari va 
vakolatxonalari haqidagi ma’lumotlar o‘zgarganligi to‘g‘risida 
litsenziyalovchi organni 7 ish kuni ichida xabardor qilishi. 
Bundan tashqari, zaxiraga qo‘yiladigan mablag‘larning eng kam 
miqdoriga doir talablar o‘zgartirildi: 

ariza beruvchining shakllantirilgan ustav fondi mablag‘lari hisobidan 
BHMning 8 500 baravari miqdoridagi mablag‘lar (ilgari 50 000 AQSh 
dollari edi) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi 
Fuqarolarni 
qo‘llab-quvvatlash 
hamda 
ularning 
huquq 
va 
manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi depozit hisobraqamiga 
zaxiraga kiritiladi. 
2. Litsenziya olish uchun arizani ko‘rib chiqish tartibiga o‘zgartirish 
kiritildi, unga muvofiq ariza beruvchi axborot-kommunikatsiya tarmoqlari 
orqali ERIdan foydalangan holda ariza bilan murojaat etishi lozim bo‘ladi. 
Barcha ilova qilinadigan hujjatlar, shu jumladan «Yagona milliy mehnat 
tizimi»ga kiritilgan ma’lumotlar elektron shaklda taqdim etiladi. 
3. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish 
uchun litsenziyalovchi organga quyidagilarni amalga oshirish huquqi 
berildi: 


236 

xususiy bandlik agentliklarining hududlari va binolariga moneliksiz 
kirish; 

barcha zarur hujjatlar bilan tanishib chiqish; 

mansabdor shaxslardan tekshiruv o‘tkazish chog‘ida aniqlangan 
qoidabuzarliklar faktlari yuzasidan yozma tushuntirishlar olish; 

qonunbuzarliklarni bartaraf etish uchun yetarli bo‘lgan muddatlarni 
belgilash; 

tekshiruvlar natijalari asosida xulosa tuzish; 

sudga murojaat qilish yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qilish; 

litsenziya olmay fuqarolar xorijda ishga joylashtirilganligi yoki 
litsenziya bitimida nazarda tutilmagan xizmatlar ko‘rsatilganligi 
aniqlanganligi to‘g‘risidagi materiallar va ma’lumotlarni huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarga yuborish. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin