219
rivojlanmoqda. Zaruriy ko‘nikmalarga bo‘lgan jiddiy taqchillik ishlashning
noodatiy shartsharoitlarini yaratdi. Kuchli, biroq
bozorda intensiv tarzda
o‘zgarayotgan doimiy ish bilan bandlik - yosh professionallarni har 12-14
oyda
ish joyini o‘zgartirish tendensiyasiga ega. Ya’ni, an’anaviy talqinda
vaqtinchalik yoki shartnoma asosidagi ish bilan bandlikka o‘xshash
ishchilarning doimiy ish bilan bandligi amal qiladi. Malakali mehnatning
yetishmasligi ayollarning ishlashi uchun katta imkoniyatlarni yaratgan
16.3. Milliy va global rekruterlar
Ish
beruvchilarga
zarur
bo‘lgan
kadrlar ta’minoti bilan
shug‘ullanadigan rekruting kompaniyalari milliy iqtisodiyotda bosqichma-
bosqich rivojlanmoqda. Dastlabki rekruting firmalari 2000 yillarda
Toshkent shahrida tashkil etilgan holda ular asosan xorijiy investitsiya
ishtirokidagi kompaniyalarga xizmatlar ko‘rsatish bilan chegaralangan.
Mazkur kompaniyalar rekruting firmalariga
nisbatan yuqori kasbiy va
malakaviy talablarni bildirishlari bilan bir qatorda, ko‘proq loyihalarni joriy
etish davomida ko‘proq chet ellik vositachilarga murojaat qilishganiga
e’tiborni qaratish lozim.
Milliy rekruting idoralarining shakllanish bosqichi davom etayotgan
hozirgi vaqtda ularning tashkiliy huquqiy, mulkiy, mintaqaviy, funksional
jihatlarini ilmiy tadqiq etish, ularning amaliy-uslubiy ta’minotini ishlab
chiqish va hayotga joriy etish dolzarb masalalardan biri hisoblanmoqda.
Xorijiy mamlakatlardagi rekruting xizmatlari bozorining xususiyatlarini
o‘rganish va milliy tizimda qo‘llash imkoniyatlarini aniqlash muhim amaliy
ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda xodimlarni ishlashga yollashda tadbirkorlik sub’ektlari
xizmatidan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda o‘z
aksini topgan:
milliy qonunchilikda, xususan,
Fuqarolik, Soliq va boshqa
kodekslarda ilmiy-nazariy va o‘quv ishlanmalarda rekruting
xizmatlari bozori va xususiyatlari aks etmaganligi;
sanoat korxonalarining texnik qurollanish darajasining yuqori
emasligi, uzoq muddatli aktivlarning o‘z muddatini o‘tab bo‘lganligi
va ma’naviy eskirganligi ta’sirida zamonaviy rekruting xizmatlariga
bo‘lgan ehtiyojning yuqori emasligi;
220
yirik kompaniya va firmalarda kadrlar ta’minoti bilan shug‘ullanishga
jiddiy va tegishli e’tibor qaratilmaganligi,
zamonaviy menejment
elementlari joriy etilmaganligi;
kichik biznes sub’ektlarida, xususiy biznes va tadbirkorlikda norasmiy
bandlik darajasining yuqori ekanligi;
tadbirkorlik sub’ektlari va ishbilarmonlar tomonidan daromadligi
yuqori bo‘lmagan, tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan tizimga qiziqishni
pastligi va b.;
xizmat tariflari va sifati bo‘yicha yagona uslubiy yondashuv va
qarashlarning mavjud emasligi va b.
Ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan rekruting firmalari faoliyatini tahlil
qilish shuni ko‘rsatmoqdaki, milliy va xorijiy kompaniyalar uchun rekrut
xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar asosan malakali hisobchilar, savdo va
marketing bo‘yicha
menejerlar, moliyaviy masalahatchilar, u yoki bu
sohadagi ustalarni taklif etish bilan shug‘ullanadilar. Mamlakatimizda
bunday firmalar qatoriga mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil
etilgan va faqat Toshkent shahrida joylashgan «HRC», «Emilia Baraka»,
«PANSISTEM», «Profesionals Performance», «Radius PRP» va «Resurs
recruitment personnel» nomdagi agentliklarni misol sifatida keltirish
mumkin. Ularning soni yildan-yilga ortib borayotganligi bunday
agentliklarni butun respublika hududi bo‘yicha
tashkillashtirish va
kengaytirish zaruratini taqozo etmoqda.
Yuqori malakali xodimlar bilan bir qatorda zamonaviy xizmatlar
bozorida malakasi yuqori bo‘lmagan, yuqori ish haqiga talabgor bo‘lmagan
«universal» ishchilarga bo‘lgan ehtiyoj ham shu bozorda o‘z ifodasini
topadi. Malaka darajasini talab qilmaydigan va ish haqi yuqori bo‘lmagan
ishchi-xizmatchilarning rekurting idoralari tomonidan jalb qilinishi
nihoyatda sezilarsiz darajada, chunki mehnat bozorining ushbu sektori
tartibsiz va juda ham oddiy tarzda mustaqil ravishda rivojlanmoqda.
Milliy kompaniyalar faoliyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki,
o‘zining dastlabki faoliyatida yirik va o‘rtahol firmalar va kompaniyalarga
tegishli kasbiy malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar, asosan, menejerlar,
hisobchilar,
huquqshunoslar, marketologlar, tahlilchilar va advokatlar bilan
ta’minlash yuzasidan takliflarni bildirishgan. Keyinchalik o‘z reklama
bukletlari, internet saytlari va tarqatma materiallari yordamida ommaviy
tarzda o‘z xizmatlarini taklif etishga e’tibor qaratishgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda ro‘yxatdan o‘tgan xususiy bandlik
agentliklari soni 68 ta atrofida. Shundan, litsenziya berilgan tashkilotalar
221
soni - 52 ta. Ko‘rib chiqilayotgan arizalar soni - 1 ta. Shundan: ishchi
organda 1 ta. Arizasi rad etilgan tashkilotlar soni - 2 ta.
Fuqarolarni xorijda ishlashga yuborish vakolati
shu paytgacha faqat
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida mavjud edi.
Endilikda mazkur vazifani Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari
agentligidan tashqari respublikaning turli hududlarida joylashgan
litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari ham erkin amalga oshirishlari
mumkin.
Rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bozorida yuqori samaradorlik
bilan faoliyat ko‘rsatayotgan rekruting firmalarining taklif etayotgan
xizmatlari tarkibi va sifati mamlakatimizdagi idoralardan jiddiy farq qiladi.
Ularning ta’sis hujjatlarida qonunchilikda cheklanmagan quyidagi faoliyat
turlari ham amalga oshiriladi:
korxonadagi xodimlarning ish hujjatlarini yuritish va tartibga keltirish;
xodimlarning mehnat muhofazasi va tibbiy ko‘rigini tashkillashtirish;
ishchi-xodimlarga mehnat haqi hisoblash;
korxona ehtiyojidan kelib chiqib chetdan zarur bo‘lgan xorijiy
mutaxassislarni jalb etish;
soliq, statistika va buxgalteriya hisobini yuritish;
xodimlarni boshqarish, kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirishini
tashkil etish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: