232
malakaga ega bo‘lishni talab qilishini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Bundan
tashqari,
tadqiqotchilar
treninglarda
nimalar
o‘qitilayotgani va
kompaniyalarning xodimlar malakasini oshirish uchun sarmoya kiritishiga
nimalar to‘sqinlik qilayotgani bilan ham qiziqdi.
Tahlil natijalarini quyida keltirilmoqda. Ular HRC va ERGO Research
and Advisory firmalari taqdim etgan ma’lumotlarga asoslangan.
Kompaniyalarning 2/3 qismi kerakli xodimlarni qidirish va ishga
olishda ma’lum qiyinchiliklarga duch keladi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning 67 foizi xodimlarni
ishga olishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Asosiy
qiyinchiliklar nomzodlarning professional va
kasbiy malakasi hamda ish
tajribasi yetishmasligidir. Kompaniyalar ko‘pincha talabgorlarning shaxsiy
sifatlari to‘g‘ri
kelmasligi, nomzodning ma’lumoti,
motivatsiyasi va ish
layoqati kamligi (yoki butkul yo‘qligi) sababli ularga rad javobini beradi.
O‘zbekistondagi kompaniyalar xodimlarni qay uslubda qidiradi?
Tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha, quyidagilar xodimlarni izlash va saralab
olishda keng tarqalgan usullaridan sanaladi:
malakali kadrlarni “o‘ziga og‘dirib olish” yoki xodimlarni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri qidirish – 19 foiz;
bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari – 16 foiz;
ijtimoiy tarmoqlar – 13,5 foiz;
universitetlar bitiruvchilarini jalb etish – 13,5 foiz.
Kompaniyalardagi bo‘sh ish o‘rinlariga
nomzodlarni qidirishda
ommabop bo‘lmagan usullar:
tavsiyanomalar yoki kompaniya veb-sayti orqali – 11 foiz;
bosma OAV (ommaviy axborot vositalari) orqali – 9,5 foiz;
rekruting kompaniyalari yordamida – 6,5 foiz.
Dostları ilə paylaş: