240
TESTLAR
1. Dastlab rekrutment so‘zi mazmunan qanday vazifalarni anglatgan?
a) qo‘shinni to‘ldirish uchun nomzodlar to‘plash va jalb
qilinganlarning deyarli barcha kontingentidan harbiy xizmatchilarni
yollash;
b) kompaniyalarga xodimlar tanlashda maslahatlar berish;
c) mehnat bozorini tarkibiy tahlil qilish;
d) bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha e’lonlar berish.
2. Rekrutment ta’rifi to‘gri keltirilgan javobni belgilang.
a) rekrutment - bu kompaniya kadrlar menejmentining nomzodlarni
qidirish va tanlash, keyinchalik ularni bo‘sh ish o‘rinlariga yollash
maqsadidagi tashkiliy chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladigan biznes
jarayonidir;
b) rekrutment bu - ishbilarmonlik, vositachilik, konsalting yoki
axborot xizmati faoliyatidir;
c) rekrutment - bu buyurtmachi-kompaniyaning bo‘sh ish joylarini
uning professional malaka talablariga mos keladigan mutaxassislar bilan
pulli asosda to‘ldirish uchun shart -sharoitlarni yaratishni o‘z ichiga
oladigan iqtisodiy faoliyat turidir;
d) Rekrutment – bu bo‘sh ish o‘rniga nomzodlarni yollash jarayonidir.
3. Zamonaviy rekrutment tarixi nechachi yillarga borib taqaladi?
a) XX-asrning 40-yillariga;
b) XX-asrning 70-yillariga;
c) XX-asrning 20-yillariga;
d) XX-asrning 90-yillariga.
4. Rekrutment fanining vazifalari nimalardan iborat?
a) Rekruting jarayonini o‘rganish;
b) Rekrutmentning kontseptual asoslarini o‘rganish, rekrutingining
o‘ziga xos usullari va texnikasini o‘zlashtirish;
c) Rekruting texnologiyalarini va yo‘nalishlarini o‘rganish;
d) Rekrutmentni mehnat bozori infratuzilmasi elementi sifatida
o‘rganish.
Dostları ilə paylaş: