237
GLOSSARIY
4P nazariyasi
(kontseptsiya) (inglizcha marketing mix, marketing majmui)
- marketingni rejalashtirishning to‘rtta asosiy "koordinatalari" ga
asoslangan marketing nazariyasidir.
Autsorsing
(inglizcha autsourcing) – personal lizingi yo‘nalishi bo‘lib,
unda rekruting agentligi personalni izlash va tanlash bo‘yicha buyurtmachi
kompaniyasiga xizmat ko‘rsatib, uni o‘z lavozim jadvaliga rasmiylashtirib,
buyurtmachiga muayyan vazifa yoki funktsiyalarni
bajarish uchun
yuboradi.
Autstaffing
(inglizcha outstaffing) yoki xodimlarni lavozim jadvalidan
chiqarish - bu personal lizingi yo‘nalishi bo‘lib, unda rekrutment agentligi
nomzodlarni saralamaydi, balki buyurtmachi
kompaniyaning xodimlarini
o‘z lavozim jadvaliga rasmiylashtiradi va ular uchun ish beruvchining
vazifalarini bajaradi.
Bo‘sh ish joyi ekspertizasi
- bu bo‘sh ish joyini baholash tartibi, unda
mutaxassisning
ish joyidagi faoliyati tahlili, qidiruv parametrlari va
nomzodlarni tanlash mezonlari aniqlanadi.
Ekstravertlik
- bu shaxsning shaxsiy-psixologik xilma-xilligining o‘ziga
xos xususiyati bo‘lib, uning eng chekka qutblari shaxsning tashqi ob'ektlar
dunyosiga (ekstraversiya) yoki o‘zining subyektiv dunyosi (introversiya)
hodisalariga yo‘naltirilganligiga mos keladi.
Guruhli baholash
(
assessment markazi
/ baholash va rivojlanish
markazi). Bu tegishli ishni muvaffaqiyatli bajarish uchun xodimlarga zarur
bo‘lgan ko‘nikma va fazilatlarning rivojlanish darajasini guruhli baholash
usuli.
Dostları ilə paylaş: