Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Texnologiyasi: 
Xovonchada 1.0 g kamfora 1 ml 90 % li spirtda maydalaniladi. Ustiga 
1.0 g jelatoza va 0.5 ml suv qo‘shib , yaxshilab eziladi va oz-ozdan suv bilan bemorga 
beriladigan shisha idishga yuvib o‘tkaziladi. Tiqin bilan yopib, kerakli etiketkalar 
yopishtiriladi.


Oltingugurt kuchli gidrofob xususiyatga ega bo‘lgan moddadir. Lekin bunga aloxida 
stabilizator qo‘shiladi. CHunki xamma ishlatiladigan stabilizatorlar uning farmakologik 
xususiyatini pasaytiradi. 1 g oltingugurtga 0.1-0.2 g kaliyli sovun qo‘shiladi. Kalili sovun 
kislotalar, og‘ir metallar tuzlari bilan erimaydigan tuzlar xosil qiladi, shuning uchun agar 
retseptda oltingugurt bilan birga shunday moddalar yozilgan bo‘lsa, kaliyli sovun miqdori ikki 
barobar oshiriladi.(1 g ga 0.2-0.4 g stabilizator).
Oling: Oltingugurt 2.0
Glitserin 5.0
Tozalangan suv 100 ml
A.B.B. Sirtga -o‘llash uchun
Texnologiyasi: 
Xovonchada 2.0g oltingugurtni 1.0 g glitserin bilan eziladi va qolgan
glitserinni solib aralashtiriladi. Aralashmani oz-ozdan suv bilan yuvib, beriladigan idishga 
to‘liq o‘tkaziladi, so‘ngra 0.2-0.4 g meditsina sovuni qo‘shiladi va chayqatiladi. Tiqin bilan 
berkitilib, ―Sirtga qo‘llash uchun‖ va ―qo‘llashdan oldin chayqatilsin‖ kabi yorliqlar bilan 
jihozlab, bemorga beriladi
Suspenziyalarni kondensatsion usulda tayyorlash.
Suspenziyalarni kondensatsion usul bilan tayyorlash 2 xil usulda olib boriladi. 
Bu
usul bo‘yicha tayyorlashni quyidagi misollarda ko‘rish mumkin.
Oling: Kaliy bromid eritmasi 3%-100 ml (1:5)
Natriy bromid 3.0 (1:5)
Valeriana tindirmasidan 5 ml
A.B.B. 1des.-. 3 max.ich.
Hisoblash: Kaliy bromid eritmasi (1:5) 3x5=15 ml
Natriy bromid eritmasi (1:5) 3x5= 15 ml
Tozalangan suv 100-30 =70 ml
Valeriana tindirmasidan 5 ml
Umumiy hajm 105 ml
Texnologiyasi: 
Bemorga beriladigan qo‘ng‘ir shisha idishga 70 ml suv o‘lchab olinadi va
ustiga 15 ml (1:5) kaliy bromid va 15 ml natriy bromid (1:5) eritmalaridan qo‘shib va oxirida 5 
ml valeriana tindirmasidan oz-ozdan qo‘shib , chayqatiladi (aks xolda cho‘kma xosil bo‘lib 
qolishi mumkin) va tiqin bilan berkitilib, jixozlab, bemorga beriladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin