Elimlar Elimlardan hosil bo‘lgan parda fazalararo taranglikni kamaytirib, mustaxkam ximoya
pardasini tashkil qiladi.
Arab elimi — (Gummi arabicum). Bu emulgator Afrika akatsiyalaridan olingan
mahsulot. YU-ori navi — sargish yarim tinik bo‘laklardan iborat. YOmon navi juda bo‘yalgan
va ifloslangan (tuprok, po‘stlok va shox bo‘laklari) bo‘ladi. Arab elimining 1 qismi 2 qism
suvda sekin eriydi vaquyuq yopishkok eritma hosil qiladi. Dorixonada ishlatiladigan
emulsiyalarni tayyorlashda eng kadimgi emulgator hisoblanadi. Elimlarning naviga qarab
emulgirlash xususiyatini bilish mumkin. YU-ori navi 64% tomchilar diametri 2,5 mkm li
yuqori disperslangan emulsiyalarni hosil qiladi. Emulsiya hosil qilish uchun 10 qism yog‘ga 5
qism elim olinadi.
O‘rik elimi — (Gummi armeniacae) Z. M. Umanskiy tomonidan taklif -ilingan. O‘rik
elimi daraxtlarning tanasi va po‘slog‘i yorilishidan hosil bo‘ladi. O‘rta Osiyoda ko‘p miqdorda
uchraydi. 1961 yildan davlat (X) farmakopeyasiga kiritilgan elim ok yoki sargish, qattiq, mo‘rt
bo‘lakchalardan iborat bo‘lib, ushatilganda notekis bo‘lakchalar hosil qiladi. Emulgator sifatida
arab elimi o‘rnini bosuvchi suvda yaxshi eriydigan ok kukun holidagi modda. 10 -ism yog‘ga
3-4 qism elim olinadi.
Tragakant — (Gummi Tragacanthae).
Juda kuchli emulgator. 20 g yog‘ga 2 g tragakantning mayda poroshogidan olish
mumkin. Tayyorlangan emulsiyada yog‘ mazasi saqlanganligi sababli, bu emulgator kam
ishlatiladi (dispers darajasi kam). Tragakant bilan arab elimini birgalikda ishlatish maqsadga
muvofik. Bu emulgator farmatsevtika amaliyotida yuqori dispersli turg‘un emulsiya hosil
qiladigan eski murakkab emulgator.
O‘simlik shilliqlari — bu polisaxaridlarga yakin bo‘lgan moddadir. Shilimshiqlar (slizi)
o‘simlik organizmining qayta tugilishi jarayonida hosil qiluvchi epidermis qavatining "
shilliklanishi " natijasida gulxayri ildizidan, salep tugunagidan va suvda o‘sadigan o‘simlikni
xujayra oraligidagi moddalardan tashkil topgan. Suvda bo‘kishi bilan yopishkok shilimshiq
eritma hosil bo‘ladi. Salep shilligi yaxshi emulgirlash xususiyatiga ega.