Tushuntirish matni Yog‘li emulsiyalar (Emulsa oleosa) Hamma yog‘li emulsiyalar, agar retseptda yog‘ning nomi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, DF ga
asosan bodom yoki unga o‘xshash o‘rik, shaftoli yog‘idan tayyorlanadi. Agar yog‘ning miqdori
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 100 g emulsiya tayyorlash uchun 10 g yog‘ olinadi. Emulgatorning nomi
ko‘rsatilmaganda, uni tanlash texnolog ixtiyorida bo‘ladi. Tayyorlangan emulsiyalar zarur
bo‘lganda ikki qavatli dokadan suziladi. Emulsiyalarning bir xilligini ta‘minlash ma-sadida
gemogenizatorlardan o‘tkaziladi. Bunda yog‘ tomchilari bir xil katta-kichiklikda bo‘ladi. yog‘li
emulsiyalarni tayyorlashda quyidagi usullarning birini qo‘llash mumkin.
Birinchi usul .
Kontinental usul . yog‘ni hovonchada ma‘lum qismdagi emulgator va shu
emulgatorni erishi, bo‘kishi uchun etadigan suv bilan aralashtiriladi. Aralashma o‘ziga xos
ovoz chikkuncha yaxshilab eziladi. SHunda kaymokka o‘xshash massa hosil bo‘lib, suv
tomchilari dumalamasdan,aralashib ketadi. Ovozning chiqishi yog‘ tomchilarini turg‘un
ximoya parda xavo bilan o‘rab olinib, bo‘laklarga bo‘linishidan dalolat beradi. Birlamchi
emulsiya hosil bo‘lgandan keyin, yana bir marta yaxshi aralashtirib, qolgan suvni oz-ozdan
qo‘shiladi. Emulgirlash davrida hovoncha dastasini "spiral" ravishda fa-at bir tomonlama
harakatlantirish kerak. yog‘ tomchilari bu paytda ip shaklida cho‘zilib, ximoya parda
bo‘laklarga bo‘linadi. Agar emulgirlash davrida hovoncha dastasini har tomonlama
harakatlantirsak, emulsiya hosil bo‘lishi ancha sustlashadi. Hovonchaga har doim birinchi
bo‘lib emulgator, keyin esa yog‘ olinadi. YUmaloklangan narsa hosil bo‘lmasligi uchun
emulgator va hovoncha quruq bo‘lishi kerak. yog‘ bilan suvning kerakli miqdori olingan
vaqtdagina emulgator emulgirlash ta‘sirini ko‘rsatadi. Agar yuqorida aytilgan shartlarga e‘tibor
berilmasa, emulsiya turg‘un bo‘lmaydi yoki butunlay hosil bo‘lmasligi mumkin. Ayniqsa
"birlamchi emulsiya" hosil bo‘lmasdan qolgan suvni qo‘shish mumkin emas. Agar emulsiya
hosil bo‘lmasa, yog‘ tomchilari suv qo‘shilgandan keyin ham ajralib chiksa, uni to‘grilash
mumkin emas. qaytadan tayyorlash kerak.