Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


To‘zg‘uvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   444
farmatsevtik texnologiya

2. To‘zg‘uvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash
Agar murakkab poroshoklar tarkibiga to‘zg‘uvchi moddalar kirsa (magniy oksid, talk, 
kaolin va boshqalar), bunday poroshoklarni tayyorlashda to‘zg‘uvchi moddalar eng oxirida 
qo‘shiladi va uzoq aralashtirilmaydi. Chunki poroshoklarni yuqotish miqdori me'yoridan ortiq 
bo‘lib qolish ehtimoli mavjuddir.
Ba‘zi to‘zg‘uvchi moddalarning sochilma zichliik
5
3-Jadval
Dori modda nomi
Sochilma zichliik, g/sм
3
Magniy oksid
0,2210
Kalciy karbonat
0,28
Magniy karbonat
0,12
Aerosil
0,029
Kraxmal
0,462
Talk
0,6130
Titan oksid
0,625
Rp.: Magnii oxydi
Vismuthi subnitratis ana 0,15
Misce fiat pulvis
Da tales doses N10
Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin.
Pasporti: 
Magniy oksid 1,5 g
0,15*10=1,5 g
Vismut subnitrat 1,5 g
0,15*10=1,5 g
m
umumiy
=1,5q1,5=3,0
m 1 ta poroshokning og‘irligi =3∕10=0,3 g
Tayyorlanishi: 
hovonchaga 1,5 g vismut nitrat asosidan solib, yaxshilab maydalanadi.
Keyin uning ustiga 1,5 g magniy oksidi 2—3 bo‘lakka bo‘lib solinadi va bir xil poroshok hosil 
bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 10 ta oddiy kogozga 0,3 g dan qadoqlanadi. So‘ngra 
qog‘oz xaltachaga solinib va unga tegishli yorliq yopishtiriladi.
3. Bo‘yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash
Agar murakkab poroshoklar tarkibiga bo‘yovchi moddalar kirsa (akrixin, etakridin laktat, 
riboflavin, metilen kuki, brilliant yashili va boshqalar), ular bilan poroshok tayyorlaganda 
alohida hovoncha va tarozilar ishlatiladi.
Dori moddalarni bo‘yovchi xususiyatga ega bo‘lishi va kam miqdorda yozilganligi uchun, 
havoncha va dastani ifloslanishi oldini olish maqsadga muvofiqdir.
5
Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология. Изготовления лекарственных препаратов.-
«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2016. (190 bet)


Tayyorlash vaqtida rangli modda rangsiz moddalar o‘rtasiga solib aralashtiriladi.
Rp.: Riboflavini 0,01
Sacchari 0,2
Misce fiat pulvis
Da tales doses N6
Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin.
Pasporti: 
Riboflavin 0,06 g
0,01*6=0,06g
qand poroshogi 1,2g
0,2*6 =1,2
m
umumiy
=0,06q1,2=1,26g
m 1 ta poroshokning og‘irligi 1,26∕6=0,21 g
Bu retseptni 2 xil tayyorlanishi mumkin:
1 usul rangli moddalar bilan poroshoklar tayyorlash.
Tayyorlanishi
: hovonchaga 1,2 g qand kukunini solib maydalanadi. Maydalangan
qandning 1G`2 qismini xavonchada qoldirib, uning ustiga 0,6 g riboflavin solinadi, yaxshilab 
aralashtiriladi va olib qo‘yilgan rangsiz modda qanddan oz ozdan solib, aralashtirish davom 
ettiriladi. Bir xil rangli aralashma hosil bo‘lgandan so‘ng, tayyor poroshokni 0,21 g dan 6 ta 
mumli kapsulaga qadoqlanib, qog‘oz xaltachaga solinadi.
2 usul bo‘yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash ―qavatlash‖ usuli bo‘lib 
hisoblanadi.
Tayyorlanishi: 
havonchaga rangsiz moddaning qolgan qismi solinib, asta sekin bir xil
rangli massa xosil bo‘lguncha aralashtiriladi.
Tayyor poroshokni 0,21 g dan 6 ta mumli kapsulaga qadoqlanib, qogoz xaltachaga 
solinadi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin