2 - Ma‘ruza. MAVZU 2. Poroshoklarning xususiy texnologiyasi (to‗zg‗uvchi, bo‗yovchi va qiyin maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash misolida). Ma‘ruza maqsadi: Bo‘yovchi, qiyin maydalanuvchi, to‘zg‘uvchi moddalar, ekstraktlar, efir
moylari bilan poroshoklar tayyorlash.
Reja: Qiyin maydalanadigan moddalar bilan poroshoklar tayyorlash 2.To’zg’uvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash Bo’yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash Ekstrakt va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash Poroshoklarni sifatini tekshirish Tayanch atama va iboralar: kukun-pulveris, oddiy kukun- pulveris simplices, murakkab
kukun- pulveris composite, kristal, amorf- agregat holati, mortario- hovoncha, pestik-hovoncha
dastasi, dozator- kukunni hajm bo‘yicha taqsimlash
Poroshoklar qadimdan ma'lum dori shakllaridan bo‘lib, eramizdan oldingi 3000 yil avval
ham tabobatda qo‘llanilgan. Elaki dorilarning o‘ta maydaligi ularning ta'sir darajasini yuqori
bo‘lishini ta'minlaydi. Shu jixatdan elaki dorilar qattiq dori shakllari ichida yuqori ta'sir
darajasiga ega dori hisoblanadi.
Davlat farmakopeyasi ta'biri bilan aytganda, elaki dorilar — ichish va tana yuzasiga
qo‘llash uchun ishlatiladigan qattiq dori shaklli bo‘lib, sochiluvchanlik xususiyatga ega bo‘ladi.
Poroshoklar oddiy — (
Pulveres simplices ) bir dori moddasidan tashqil topgan yoki
murakkab — ikki va undan ortiq ingredientdan iborat
(pulveres compositi ) bo‘lishi mumkin.
Undan tashkari kukunlar ya'ni, elaki dorilar alohida dozalarga bo‘lib taqsimlangan (
pulveres 2
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx
preparatov.-«GEOTAR-Media».- Moskva.-2014. (511 bet)
divisi ) va taqsimlanmagan (
pulveres indivisi ) bo‘ladi. Ichish uchun mo‘ljallangan kukunlar
asosan dozalangan usulda yoziladi yoki taksimlangan bo‘ladi, sirtga ishlatiladigan kukunlar esa
taqsimlanmagan usulda beriladi.