Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


-rasm. ―TAMPO‖ firmasi taklif etgan dozalash aparati



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   444
farmatsevtik texnologiya

6-rasm. ―TAMPO‖ firmasi taklif etgan dozalash aparati
a- dozator: 1- aralashtirgich; 2- koxoz lentali rolik; 3- termoyopishtiruvyai disk; 4-aylanma 
keskich; 5- boshqaruvchi shit; 6- vint; b- qadoqlangan kukun:
Natijada dozator pallasining tubi ochilib, kukun qog‘ozga to‘qiladi. To‘qilgan kukun 
keyingi miqdor dozalanguncha o‘raladi va shu maromda dozalash davom ettiriladi. DVA-1,5 
dozalash apparati ham shu ko‘rinishda bo‘lib, ishlash qoidasi ham DP-2 ga o‘xshash (1.6.-rasm).
1.7.-rasmdagi "TAMPO" firmasi tomonidan taklif etilgan dozator kukunni hajm bo‘yicha 
taqsimlab o‘rnatilgan lentadagi qog‘ozlarga bo‘lib va ularni kichik paketchalar qilib kesib tayyor 
holda chiqaradi. Dorixona sharoitida hajm bo‘yicha dozalash TK-3 hajm dozalash apparati orqali 
amalga oshiriladi. Qoshiq ko‘rinishidagi bu dozator orqali 0,2-1,0 gr og‘irlikdagi kukunlarni 
dozalash mumkin.


7-rasm. TK-3 dozalash apparati
Qoshiqcha asosiy metal korpusi (1), ortiqcha kukunni tekislab dozani to‘grilashga 
mo‘ljallangan tekislagich (2) va qoshiq (3) hajmini o‘zgartirib ma'lum hajmga to‘g‘rilash uchun 
o‘rnatilgan muruvvat (4, 5) dan iborat. Qoshiqcha bilan ishlashdan oldin uning hajmini kerakli 
miqdorga to‘g‘rilash zarur. Buning uchun hovonchada kukun tayyor holga keltirilgandan so‘ng, 
undan qoshiqchaga botirib olinadi, hovoncha ustida tutib turgan holda bosh barmoq bilan 
kukunning ortiqchasini, tekislagichni qoshiq uchigacha surib tushiriladi, so‘ng tekislagichni 
avvalgi joyiga qaytarib, qoshiqdagi kukun tarozi pallasiga solib tortiladi va og‘irlik 
belgilangandan ko‘p yoki kam bo‘lsa, muruvvatni burab qoshiq hajmi ko‘paytiriladi yoki 
kamaytiriladi. Mo‘ljallangan dozaning hajmi topilgandan so‘ng dozatorni ishlatib dozalashni 
boshlash mumkin. DPR-2 dozatorining ishlash jarayoni ham shunga o‘xshash.
8-rasm. DPR-2 poroshoklarni dozalash apparati
Elaki dorilarni qadoqlash
Dozalangan kukunlarni qadoqlash uchun asosan 7,5*10 sm o‘lchamda kesilgan qog‘oz 
yoki shu o‘lchamda fabrikada tayyorlangan qog‘oz kapsulalar ishlatiladi. Gigroskopik 
xususiyatga ega bo‘lgan moddalar, uchuvchan va kuchli hidli moddalar mumli (charta cerata) 
yoki parafinlangan qog‘ozlarga (charta paraffinata), moysimon xususiyatli moddalar pergament 
qog‘ozlarga (charta pergamenta) o‘raladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin