Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Maydalash, aralashtirish
. Dori tayyorlash uchun mo‘ljallangan kukunlarni maydalashdan
ikki maqsad bor. Birinchisi dori moddaning tanaga tezroq va to‘laroq so‘rilishi bo‘lsa, ikkinchisi 
maydalangan 
kukunlar 
yaxshi 
aralashadi, 
dozalanganda 
qavatlarga 
ajralmaydi 
va 
ingredientlarning ayrim zarrachalari ajralib ko‘rinmaydi.
Dori modda zarrachalari maydalanishi natijasida bir zarracha, alohida zarrachaning sathi 
kamaysa ham, umum zarrachalar sathini ifodalovchi umumiy sath (umumsath) bir necha bor 
oshadi.
Umumsath ko‘rsatkichining oshishi quyidagi 1-jadvalda yaqqol ko‘rinib turibdi.
2-jadval
Zarracha qirralari
1 sm
3
hajmdagi
sm
2
o‘lchamidagi
o‘lchami, mkm
zarrachalar soni
umumsath m
2
0,1 sm q 10000 mkm
1
6
0,1 mm q 1000 mkm
10
3
60
100 mkm
10
6
600
10 mkm
10
9
6000
1 mkm
10
12
60000 = 6 m
2
0,1 mkm
10
15
600000 = 60 m
2
Umum sath oshishi bilan dori moddaning tana bilan tutashgan sathi ham ortadi. Natijada 
eriydigan moddalarning erishi tezlashadi, tanaga so‘rilishi kuchayadi. qattiq moddalarga 
mexanik ta'sir ko‘rsatish har xil bo‘lishi mumkin. Ularni parchalash, maydalash, ezish, yorish, 
sindirish, kesish, arralash, urish yoki shu usullaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi (1.1.-
rasm).


1.-rasm. Maydalash usullari
a — ezib maydalash; b — yorish; v — sindirish; g — kesish; d — arralash;
e — ezgilab maydalash; j — urib maydalash; z — erkin tushish.
Yorishda – jismning bosim ko‘p ta'sir qilingan joyi yoriladi.Hosil bo‘lgan zarrachalar bir-
biriga o‘xshash bo‘lsa ham shakli, kattaligi jixatdan bir-biriga yakin bo‘ladi. .
Sindirishda — egiltiruvchi kuchlar ostida jism parchalanadi.
Parchalanishdan hosil bo‘lgan zarrachalar kattaligi va shakli jixatidan turlicha bo‘ladi.
Kesish va arralashda - jismlarni belgilangan kattalikda va shaklda maydalash mumkin.
Yanchishda - jism siqiluvchi, cho‘zuvchi, kesuvchi, ezuvchi kuchlar ta'sirida maydalanadi.
Bunda mayda kukunga o‘xshash mahsulot hosil bo‘ladi.
Urilganda - mo‘ljalga olib urilganda yorilgandagi kuch ta'siri qaytarilib jism yorilishi 
mumkin, umuman urilishda ezish ta'sir kuchi bilan maydalanadi. Dori moddalari fizik jixatdan 
maydalangan, qattiqlik jixatdan o‘rta qattiqlikdagi qovushqoq jismlar bo‘lganligi sababli (xox 
kristal, xox amorf modda bo‘lsin) ularni maydalashda yanchish va ezish usulidagi kuchlar 
ta'siridan foydalaniladi.
Ezish va ishqalash modda zarrachalarini maydalash bilan birga ularni o‘zaro yaxshi 
aralashishini ham ta'minlaydi. Bu esa murakkab kukunlarni tayyorlashda ayniqsa qo‘l keladi.
Hozirgi kunda elaki dorilar tayyorlashda ularni maydalash va aralashtirish uchun 
dorixonalarda qadimdan ma'lum bo‘lgan hovonchadan (
mortaria
) foydalaniladi (1.2.-rasm). 
Bizni elaki dori texnologiyasini o‘rganish bo‘yicha qilingan ishlarimiz asosida olgan natijalar 
shuni ko‘rsatadiki, ularning maydalik darajasi, maydalash usullari, aralashtirish usuli uning 
sifatiga biosamaradorligiga ta'sir etuvchi omil hisoblanadi. Shu sababdan bu texnologik jarayon 
va maydalik darajasini ham tarkibi turiga qarab me'yorlashtirish kerak. Ularning maydaligi 0,1-
0,3 mm oraligida bo‘lishi mumkin. Dorixatlarda ko‘p ishlatiladigan elaki dorilarni murakkab 
tarkiblaridan dorixonada yarim fabrikatlar tayyorlab qo‘yish mumkin. Bunda elaki dorilar tarkibi 
o‘rganilib uning ko‘p uchraydigan ma'lum bir qismi yarim fabrikat holida tayyorlansa bo‘ladi. 
Elaki dorilar tarkibini draje holida ham tayyorlash mumkinligi G. S. Yusupova tomonidan 
ko‘rsatilgan.
Hovonchalar har xil o‘lcham va shaklda chiqarilib, chinni, agat, latundan yasaladi. 
Kundalik amaliyotda eng ko‘p ishlatiladigani chinni hovonchadir. Chinni hovonchalar 7 xil 
hajmda chiqariladi. Chinni hovonchalar yuza tomonidan sillik, ichi esa govak va notekis bo‘ladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin