Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Qotishma shaklidagi surtma dorilarni tayyorlash



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Qotishma shaklidagi surtma dorilarni tayyorlash
Qotishma tipidagi asosni tayyorlashda avval eng qiyin eriydigan asos eritiladi, kеyin esa 
qolganlarini. Bu barcha asoslarni to’liq erishini, surtmani bir xilligini ta'minlaydi.
12
Oling: Mum - 5,0 
Spermatset – 10,0
Shaftoli moyi 35,0
Aralashtiring.Bering.Belgilang.
Pasporti: Mum – 5,0
Spermatset – 10,0
Shaftoli moyi – 35,0
Umumiy og’irligi -50,0
Dorixatni tayyorlash uchun erish temperaturasi yuqori bo’lgan mum (63-65

S) suv 
hammomida eritilib, ustiga spermatset qo’shiladi (45-54

S). Aralashma havonchaga olinib, 
shaftoli moyi bilan aralashtiriladi toki aralashma sovuguncha.Tayyor surtma doriga kerakli yorliq 
yopishtirib bemorga berish uchun tayyorlanadi.
Surtma dorini bemorga berishdan oldin uni rangi, hidi, og’irligi, retseptdagi dorivor 
moddalarga mos kelishi, mexanik iflosliklar bo’lmasligi kerak. 
Oling: Shaftoli moyi 3,0 
Parafin 
Vazelin teng miqdorda 5,0
Aralashtiring.Bering. Belgilang.
Pasporti: Shaftoli moyi 3,0
Parafin 5,0
Vazelin 5,0
Umumiy og’irligi 13,0
Texnologiyasi:
Dorixatni tayyorlash uchun erish harorati yuqori bo’lgan parafin (50-54

S) 
suv hammomida eritilib, ustiga vazelin qo’shiladi, aralashma havonchaga olinib, shaftoli moyi 
bilan toki aralashma sovuguncha aralashtiriladi. Tayyor surtma doriga kerakli yorliq yopishtirib 
bemorga berish uchun tayyorlanadi.
Eritma tipidagi surtmalar
Eritma tipidagi surtmalar deb, ular tarkibiga kiradigan moddalarning asoslarda erishi yoki 
bir–birini eritishi natijasida qotishma massa hosil qilishiga aytiladi. Bular yuqorida bayon etilgan 
umumiy qoidaga asosan tayyorlanadi.
Ta’sir qiluvchi dori moddasi yupqa poroshok holiga keltirilib issiq (40-50
0
S) surtma asosida 
eritilib, surtma to soviguncha aralashtirilib turiladi. Bu guruhga kamforaning (Unguentm 
Camphoratum) 20% li surtmasi kiradi. Kamfora moddasi vazelin va lanolin (2q1) aralashmasida 
eritiladi. 
Tеrmalabil moddalar (xuybo’ylashtiruvchi moddalar, oson eriydigan, yuqori tеmpеraturada 
parchalanib kеtadigan) yarim sovigan asosga kiritiladi. Yarim sovigan asos qovushqoq massa 
12
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx preparatov.-«GEOTAR-
Media».- Moskva.-2014. (511 bet)


bo’lib dori moddalarni parchalanib kеtishini, bo’linib kеtishini oldini oladi. Spirtda erigan dori 
moddalarni kiritishda alohida e'tibor asosning tеmpеraturasiga qaratiladi.
13
Rp.: Camphorae pulveratae 2,0
Vaselini 6,0
Lanolini anhydrici 2,0
M.f. unguentum
D.S. Kamfora surtmasi
Pasporti: Kamfora poroshogi 2,0 g
Vazelin 6,0 g
Suvsiz lanolin 2,0 g
Umumiy og’irligi 10,0

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin