Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Mustaqil tayyorlash uchun retseptlar



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə312/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Mustaqil tayyorlash uchun retseptlar.
Shamchalar tеxnologiyasi, ta'rifi va tasnifi. Jo’valash usuli bilan shamchalar tayyorlash. 
Asoslarga qo’yiladigan talablar.
Oling: Papavеrin gidroxlorid 0,05
Kakao moyi 2,0
Aralashtiring va shamcha tayyorlang
Shunday miqdor dan 10 ta bеring
Bеlgilang. 1 ta shamchadan kuniga 2 mahal to’g’ri ichakka
Oling: Bеlladonna ekstrakti 0,015
Novokain 0,015
Anеstеzin 2,0
Adrеnalin gidroxlorid eritmasidan 1:1000 2 tomchi
Kakao moyi kеrakligicha
Shamcha hosil bo’lsin
Shunday miqdor dan 10 ta bеring
Bеring. Bеlgilang. 1 ta shamchadan kuniga 2 marta qo’yilsin


Oling: Osarsol 0,25
Borat kislota 0,3
Glyukoza 0,5
Kakao moyi kеrakligicha
Sharcha hosil bo’lsin 
Shunday miqdordan 5 ta bеring
Bеlgilang. 1 ta sharchadan yotishdan avval
Talabalarini o‘zlashtirishini tekshirish:
Test nazorat savollari
1. Shamchalar jo’valash usulida tayyorlash bosqichlari ezilgan qatorni toping
-havonchada dori moddalari maydalanib, aralashtirilib, asos bilan ezgilanib massa hosil 
qilinadi, tayoqcha yasalib, teng bo’laklarga bo’linadi va shamcha shakli beriladi, har bir
shamcha pergament qog’oziga o’ralib, karton qutichaga joylanadi va tegishli yorliq bilan 
jihozlanadi.
-dori moddalari aralashtirilib, asosda eritiladi;
-dori moddalari maydalanib asosda eritilib, tayoqcha yasaladi va shamcha hosil qilinadi;
- dori moddasi asos bilan aralashtirilib, tayoqcha yasalib, tegishli yorliq bilan jihozlab, karton 
qutida beriladi.
2. Quyish usuli bilan shamcha tayyorlashda qaysi asoslardan foydalaniladi?
-suvda eriydigan va moyli asoslardan;
- moyli asoslardan;
-moysimon asoslardan;
-parafindan;
3.O’rin olish koeffitsiyenti nima?
-bir gramm moyli asosning egallagan hajmiga necha gramm modda to’g’ri kelishiga aytiladi.
-bu dori moddasining egallagan hajmi;
-bu asos egallagan hajm;
- shamchalar egallagan hajm;
4.Teskari o’rin olish koeffitsiyenti nima?
-bir gramm moddaning egallagan hajmiga necha gramm moyli asos to’g’ri kelishiga aytiladi.
- bir gramm asos egallagan hajmga aytiladi.
- shamchalar egallagan joyga aytiladi
- bir gramm asosning egallagan hajmi necha gramm moddaga to’g’ri kelishiga aytiladi
5.Jelatin-glitserinli asosning tarkibi keltirilgan qatorni toping?
- jelatin---------1,0g
suv-----------------2,0g
glitserin---------5,0g
- jelatin -------2,0
suv------------------1,0
glitserin----------10,0
- jelatin---------10,0g
suv-----------------20,0g
glitserin---------50,0g
- jelatin---------2,0g
suv-----------------5,0g
glitserin---------10,0g
6. Shamchalarni to’la buzilish vaqti necha minut?
-DF XI 15 minut
-DF XI 3-5 minut
-DF XI- 15-20 minut


-DF XI- 3-15 minut
7. Shamchalar qaysi ko’rsatkichlari bilan baholanadi?
- hamma javob to’g’ri;
- razmeri va shakli;
- dori moddasining bir xil aralashganligi;
- deformatsiya vaqti bilan;
8.Quyish usulida shamcha tayyorlash bosqichlari aks etgan qatorni toping;
-asosni eritib, dori moddasini qo’shib aralashtirish, qoliplarga quyish, jihozlash;
- asosga dori moddasini qo’shish, bo’laklarga bo’lish, jihozlash;
- shamcha massasini hosil qilish, dozalarga bo’lish, jihozlash;
- shakl berish, jihozlash.
9. Shamchalar quyishda quyish asbobi nima yordamida namlanadi (surkaladi.)
- a va b javob to’g’ri;
- vazelin moyi;
- sovunli spirt;
- ishqor eritmasi;
10.Tarkibida A ro’yxat moddalari bo’lgan shamchalarga qanday jihozlanadi?
- surguchlangan holda, muhrlab, bemor qo’liga signatura yozib;
- oddiy qog’ozga o’ralgan holda, karton qutichalarda beriladi, retsepti dorixonada olib qolinadi;
-Sirtga yorlig’i bilan, muhrlangan holda;
- Ichish uchun, shisha bankalarda.
11. Quyish usulida shamcha tayyorlanganda, asos kakao moyi bo’lganda, shamcha qo’yiladigan 
asbob nima bilan moylanadi?
- A va G javob to’g’ri;
-sovunli-spirt bilan;
- kaliy-sovunli spirt bilan;
- vazelin moyi bilan;
12.Rektal shamchalarni qaysi usullarda tayyorlanadi?
-juvalash, quyish;
- juvalash, quyish, presslash;
- faqat quyish;
- juvalash usulida.
13.Jelatin-glitserinli asosning tarkibi keltirilgan qatorni toping?
- jelatin---------1,0g
suv-----------------2,0g
glitserin---------5,0g
- jelatin -------2,0
suv------------------1,0
glitserin----------10,0
- jelatin---------10,0g
suv-----------------20,0g
glitserin---------50,0g
- jelatin---------2,0g
suv-----------------5,0g
glitserin---------10,0g
14. Gidrofob asoslarda tayyorlangan shamchalar quyiladigan qoliplar nima yordamida moylanadi?
- sovunli-spirt yordamida;
- etil spirti yordamida;
- glitserin yordamida;
- suv yordamida.
15.Quyish usulida shamcha tayyorlash bosqichlari aks etgan qatorni toping


-asosni eritib, dori moddasini qo’shib aralashtirish, qoliplarga quyish, jihozlash;
- asosga dori moddasini qo’shish, bo’laklarga bo’lish, jihozlash;
- shamcha massasini hosil qilish, dozalarga bo’lish, jihozlash;
- shakl berish, jihozlash.
16.Agarda shamcha tayyorlashda asos ko’rsatilmagan bo’lsa, qaysi asosdan foydalaniladi?
- kakao moyidan;
-vazelin moyidan;
- vazelindan;
- butiroldan.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin