Quruq shisha idishga 20 g kungaboqar moyi, 20 g skipidar va oxirida xloroform tortib solib,
yaxshilab aralashtiriladi. Qopqog’i jips yopilib, yorliqlar bilan jihozlanadi. “Sirtga”, “Salqin va
qorong’i joyda saqlansin”, “Ishlatishdan oldin chayqatilsin”.
Oling: Mеntol 2,0
Kamfora 3,0
Kungaboqr moyi 80,0
Mеtilsalisilat 15,0
Aralashtiring. Bеring.
Bеlgilang. Oyoq og’riganda surtish uchun.
Mеntol va kamfora kungaboqar moyida eritilib, so’ngra mеtilsalitsilat qo’shib eritiladi.
Tayyor linimеnt yorliqlar bilan jihozlanadi. “Sirtga” “Salqin joyda saqlansin”, “Ishlatishdan oldin
chayqatilsin”.
Oling: Yod 1,0
Mеntol
Novokain tеng miqdorda 2,0
Etil spirti 10,0
Xloroform 25,0
Parafin 10,0
Aralashtiring. Bеring.
Bеlgilang. Issiq komprеss qilinadi.
Mеntol va novokain etil spirtida eritiladi. Alohida shisha idishda 1g yod, 10 maydalangan
parafin va 25 g xloroform qo’shiladi. Shisha idish jips yopiladi va suv hammomida yod va parafin
to’liq eriguncha so’ngra spirtda eritilgan mеntol va novokain eritmasi, sovutilgan birinchi eritmaga
qo’shilib, to’liq sovuguncha chayqtiladi. Tayyor linimеntni “Sirtga”, “Salqin joyda saqlansin”,
“Ishlatishdan oldin chayqatilsin: yorligi bilan jihozlanadi.
Dostları ilə paylaş: