Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Talabalar bilimini baholash mezonlari



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə442/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   444
farmatsevtik texnologiya

Talabalar bilimini baholash mezonlari
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
-talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil 
mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini 
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega 
deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
-talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning 
(mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) 
bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho; 
-talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni 
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega 
deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
-talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi 
hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho 
bilan baholanadi. 
Talabalar bilimini baholash
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish, shuningdek talabalarning bilimini baholash 
tegishli kafedra mudiri tomonidan tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi;
komissiya tarkibi tegishli fan professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislari orasidan 
shakllantiriladi;
- komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlarniig soha mutaxassislari ham jalb 
qilinishi mumkin.
Institutda yakuniy nazorat turlarini o‘tkazilishi uchun maxsus ishchi guruh shakllantiriladi.
Ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlarini qoldirgan yoki joriy nazoratda qoniqarsiz baho olgan 
va ularni qayta topshirmagan talaba oraliq nazoratga kiritilmaydi.
Talabalar tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq 
nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart.
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» 
(qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. Yakuniy 
nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» 
(qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Talaba uzrli 


sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga 
tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat 
beriladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin