Baholash natijalarini qayd qilish Talabalar bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi tomonidan
talabalarning fanlarni o‘zlashtirishini hisobga olish jurnalida (bundan buyon matnda Jurnal
deb yuritiladi) qayd etib boriladi. Professor-o‘qituvchi qo‘shimcha ravishda talabalar bilimini
baholashni elektron tizimda ham yuritishi mumkin.
Professor-o‘qituvchi jurnalda talabaga qo‘yilgan baholarni shu kunning o‘zida qayd
etib boradi. Agar talabaning bilimini baholash yozma ish shaklida o‘tkazilgan bo‘lsa, bunda
professor-o‘qituvchi talabalarning natijalarini 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda jurnalga
qayd etishi lozim.
Nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5»
(a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Talaba nazorat turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda
jurnalga «0» belgisi yozib qo‘yiladi.
Talabalarning yakuniy nazorat turi bo‘yicha baholari jurnalga qayd etilganda, shu
kunning o‘zida talabaning baholash daftariga ham yozib qo‘yilishi kerak.
Talabaning tugallangan fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi joriy, oraliq va yakuniy
nazoratlarning o’rtacha arifmetik qiymatidan kelib chiqadi va butun sonlarda ifodalanadi.
Bunda talaba har bir nazorat turidan kamida 3 “qoniqarli” baho olishi lozim.
Talabalarning nazorat turlarida olgan baholarni jurnalda rasmiylashtirish quyidagicha amalga oshiriladi: Joriy nazorat o‘rtacha arifmetik qiymatini hisoblash: joriy nazoratning barcha baholari yig‘indisiga mustaqil ta’lim bahosi qo‘shiladi va darslar
soni+mustaqil ta’lim yig‘indisiga bo‘linadi va qiymatlar zarur hollarda yaxlitlanadi:
JN (baholar yig‘indisi)
+ TMI(baho)
: (20*+ 1** =21) =
4.7 yaxlitlanadi - 5 JN (baholar yig‘indisi) + TMI(baho)