Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Uzluksiz (cheksiz) bo‗kish xususiyati bo‗lgan yuqori molekulali birikmalarning



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Uzluksiz (cheksiz) bo‗kish xususiyati bo‗lgan yuqori molekulali birikmalarning 
eritmalari
CHeksiz bukuvchi YUMB larga pepsin, chuchukmiya ekstrakti, belladonna ekstrakti va 
boshqalar kiradi. Pepsin proteolitik ferment bo‗lib, chuchka oshkozonining shillik qavatidan 
olinadigan preparatdir. Uning 2, 3, 4% li eritmalari xlorid kislotasi bilan birgalikda ishlatiladi.
Pepsin fermenti molekulyar og‗irligi 35,000 bo‗lgan oksil mahsuloti hisoblanadi. Bu juda 
oson xo‗llanadigan preparat hisoblanib, uni eritish masalasi biron-bir kiyinchilik yaratmaydi. 
Ammo uni ko‗pincha xlorid kislota eritmasi tarkibida yozilishini va oksil xususiyati hisobga 
olingan holda yozilgan komponentlarni aralashtirish navbatini to‗g‗ri tanlash zarur. quyidagi 
retseptni ko’rib chiqaylik.
Rp.: Pepsini 4,0
Acidi hydrochloridi diluti 3 ml
Aquae purificatae 200 ml
M. D. S. 1 osh qoshiqdan ovkat vaqtida.
Pasporti: Pepsin 4,0
Xlorid kislotasi (1:10) 30 ml
Tozalangan suv 170 ml
200-30=170
V
um
=204 ml
Texnologiyasi: pepsin kuchsiz kislotali sharoitda yaxshi eriydi, yordamchi idishga 170 ml 
suvga 30ml 0,83%li xlorid kislotasi qo‗shiladi keyin ustiga 4 gr pepsin qo‗shiladi, so‗ngra 
bemorga beriladigan idishga paxta tamponi eki 1,2 sonli shisha filtr yordamida o‗tkaziladi. 
Jixozlab bemorga beriladi.
Dorixat tayyorlashda avvalo suvga xlorid kislota solish bilan, xlorid kislotani kerakli 
miqdorga keltirib suyultirib olinadi. Buning uchun dorixonalarda oldindan (1:10) nisbatda 
tayyorlab qo‗yiladigan konsentrat-eritmadan foydalanish ham mumkin. U holda 170 ml suv 
olinib, ustiga 30 ml ana shu tayyor konsentrat solinadi, unga 4,0 pepsin qo‗shib eritiladi. Pepsin 
solingandagi suyuqlik hajmi o‗zgarishi yo‗l quyilishi mumkin bo‗lgan xatoliklar chegarasida 
bo‗lgani uchun hisobga olinmaydi. Dorixona amaliyotida qo‗llaniladigan usul — fermentni, 
dorini kasalga berishdan oldin eritish oqilona usul hisoblanib, u pepsinni kislota bilan mulokotda 
bo‗lish vaqtini kamaytirib, uning faollik darajasini saqlashni o‗zaytiradi.
Pepsin tarkibli ichiladigan dorilarda opalessensiya va mayda fermentning erimaydigan


qismlaridan iborat osilmalar ko‗rinishi mumkin, lekin bunday bo‗lakchalarning xech bir ziyoni 
yo‗qligi sababli suzish ham shart emas.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin