Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   444
farmatsevtik texnologiya

SIRTGA MO‟LJALLANGAN TOMCHILAR.
(GUTTAE AD USUM EXTERNUM)
Tomchilar, asosan, ko‗z, burun va quloq kasalliklarida ishlatiladi. Kam hollarda tish 
og‗rig‗ini qoldiradigan retseptlar ham uchraydi. Quloq va burun tomchilarini tayyorlashda 
erituvchi sifatida suv, etanol, glitserin va moy qo‗llaniladi.
Rp.:Solutionis Dicaini 
0,25 %—10 ml
Solutionis Adrenalini hydrochloride 1:1000 gtt XX
M.D.S. 
5 tomchidan kuniga 2 mahal burun- ning ikki tomoniga
Dikainning eruvchanligi 1:10. Avval 10 % dikain eritmasi tayyorlanadi, so‗ngra unga 20 
tomchi adrenalin gidroxlorid eritmasi qo‗shiladi. Bu tayyor dori turida «Zaharli» ro‗yxatidagi 
modda (dikain) bo‗lganligi uchun muhrlanadi. Shishachaga «Ehtiyotlik bilan ishlatilsin» 
yorlig‗i yopish- tiriladi. Signatura yoziladi.
Rp.:Solutionis Collargoli 1%-15 ml
D.S. 2 tomchidan kuniga 3 mahal burunga
Kolloid eritmaga misol. Tayyorlanishi retseptda izohlangan. Kerak bo‗lganda suziladi.
Rp.:Streptocidi solubilis 0,5
Spiritus aethylici
Solutionis Hydrogeniperoxydi aa 7,5 ml
M.D.S. 2 tomchidan kuniga 3 mahal chap quloqqa


Streptotsid 90 % li etanolda eritiladi, kerak bo‗lsa bir bo‗lak paxtada suziladi, paxta etanolda 
namlangan bo‗lishi kerak, so‗ngra 3 % vodorod peroksid qo‗shiladi 
16
.
Rp.: Natrii hydrocarbonatis 0,4
Glycerini 10,0
M.D.S. 3 tomchidan kuniga 2 mahal o‗ng quloqqa
Natriy gidrokarbonatning glitserindagi eruvchanligi 1:25. Natriy gidrokarbonatni to‗liq 
eritish uchun hovonchada uni glitserin bilan ezg‗ilanadi. Suzilmaydi.
Rp.: Phenolipuri 0,5
Glycerini 10,0
M.D.S. 5 tomchidan kuniga 3 mahal iliq holda chap quloqqa
Kristall fenolni bemorga beriladigan shishacha glitserin bilan solib, qizdirilgan holda eritiladi 
(issiq suvli idishga solinadi). Yaxshi eriydi. Suzilmaydi. Fenol ishlatishda ehtiyotkorlik talab 
qilinadi.
Rp.:Mentholi 0,05
Phenylii salicylatis 0,25
Solutionis Adrenalini hydrochloridi 1:1000gtt XX
Olei Vaselini 10,0
Mentholi 0,05
M.D.S. Burun tomchisi
Mentol va fenilsalitsilat iliq moyda (40—50°C) birin- ketin eritiladi. So‗ngra adrenalin 
gidroxlorid eritmasi qo‗shiladi. Suzilmaydigan mayin suspenziya hosil bo‗ladi
Rp.:Chlorali hydrati
Camphorae aa 3,0
Mentholi 0,3
M.D.S. Tish tomchisi
Bu retsept tish tomchisi sifatida keng qo‗llaniladi. Uni shishacha komponentlarni bir - birida 
qizdirib, aralashtirish yo‗li bilan olinadi (shishacha issiq suvga solinadi). Bu dori turi evtetik 
aralashma hisoblanadi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin