Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


YUMB va kolloid eritmalarning sifatini baholash



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   444
farmatsevtik texnologiya

YUMB va kolloid eritmalarning sifatini baholash
Tayyorlangan YUMB va kolloid eritmalar sifatini baholash qolgan dori shakllaridagi kabi, 
ya‘ni xujjatlar (pasport, retsept) tekshiriladi. YOrliqlarning rangi, eritma hidi, mexaniq 
zarrachalarning bor-yukligi, hajmiy chetlanishi tekshiriladi. Eritmalarda loyqalanish kuzatilishi 
mumkin.
11 - Ma‘ruza.
MAVZU 11. 
Suspenziya dori shakli sifatida. Suspenziya turg‗unliligiga 
ta‘sir etuvchi omillar.
Ma‘ruza maqsadi: 
Suspenziya ta‘rifi, xosil bo‘lish yo‘llari va umumiy texnologiyasi.
Suspenziya turg‘unligiga ta‘sir etuvchi omillar (flokulyasiya, sedimentasiya, zarrachalarning 
cho‘kish tezligi, zarrachalar o‘lchamining kattalashuvi)
Reja:
1. Suspenziyalar dori turi sifatida.
2.Suspenziyalar ta‘rifi, hosil bo‘lish yo‘llari.
3.Stabilizatorlar, suspenziyalarni stabillashsharoitlari.
4.Gidrofil va gidrofob moddalardan suspenziyalartayyorlash.
5.Suspenziyalar turg‘unligiga ta‘sir etuvchi sabablar.
6.Suspenziyalar sifatini aniqlash.
Tayanch atama va iboralar: 
flokulyasiya, sedimentasiya, zarrachalarning cho‘kish
tezligi, zarrachalar o‘lchamining kattalashuvi.
Suspenziyalar - mikrogeterogen sistema bo‘lib, qattiq dispers faza va suyuq dispers 
muxitdan iborat. qattiq moddalarning suspenziyadagi zarrachalar kattaligi 0,1 dan — 1 mkm 
gacha, ko‘pol dispers suspenziyalarda 1 mkm dan ortiq. Dorixona amaliyotida ko‘pincha 
suspenziya holida beriladigan dorilar qattiq moddalar bo‘lib, suvda juda kam eriydigan yoki 
amalda erimaydigan preparatlardan tashqil topadi. Suspenziya hosil bo‘lishidagi asosiy omil 
eruvchanlik bo‘lib, shu xususda moddalar eruvchanligini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan quyidagi 
hollarda ham suspenziya hosil bo‘ladi.
Suspenziya lotincha dispergere tarqalmoq so‘zidan olingan bo‘lib, qattiq faza zarrachalari 
dispers muxitda osilma holida tarqalgan bo‘ladi.
Dispers faza dispers muhitda erimasa
Eritma tarkibidagi modda miqdori eruvchanlik chegarasidan ortiq bo‘lsa.
Ikki xil tabiatli erituvchining qo‘shilishidan moddaning eruvchanligi 
yomonlashsa.(Zarracha yiriklashi kuzatilada)
Eritmada erigan moddalarning kimyoviy reaksiyasi natijasida erimaydigan yangi 
modda yuzaga kelsa.
Suspenziya tarkibida asosan ichishga mo‘ljallangan dori moddalar bo‘lib, bu dori turlari 
murakkab tarkibli suyuq dorilar qismida ko‘p uchraydi va ularni amaliyotda mikstura deb ham 
yuritiladi. Miksturaning suspenziya turi sifatida ahamiyati shundaki, suvda erimaydigan dori 
moddalar yuqori darajada disperslangan (maydalangan) bo‘lib, kukunlarga nisbatan organizmga 
tezrok so‘riladi va samarali davolash xususiyati bo‘ladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin