maydalashdir. Kukunlarni quruq hovonchada ezilganda 50±5 mkm dan kam bo‘lgan zarrachalar
olish mumkin emas. Dispergirlash davrida suyuqlik qo‘shilganda zarrachalarni katta-kichikligini
5—0,1 mkm gacha etkazish mumkin. Bu quyidagicha tushuntiriladi: maydalanadigan moddalar
qattiqligini kamaytirish va undan keyin suyuqliklarni bo‘laklarga bo‘lish
xossasiga asoslanib,
suyuqlik moddalarni mayda teshiklarga kirib olib, ularni
kengaytiradi va yana ham
maydalanishiga olib keladi.
Shunday qilib, moddalar parchalanishini osonlashtiradi va yaxshi natijalar beradigan
kuchdir. B. V. Deryagin aniqlashicha 1 g qattiq moddaga 0,4—0,6 ml suyuqlik (40—60%)
qo‘shilganda suyuq muxitda yuqori darajada dispergirlash vujudga keladi. Dispersion usul bilan
mikstura-suspenziyalar juda ko‘p tayyorlanadi — ularni chayqatiladigan miksturalar (Muxturae
agitandae) deb ataladi. Bunday miksturalarning barchasiga "Ichishdan oldin chayqatilsin", degan
yorliq yopishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: