Natriy brom eritmasiga tindirmalar qo‘shilganda tinik eritma xiralashib, och-jigar rang tusli
mikstura hosil bo‘ladi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Tindirmalar 70% li etanolda
tayyorlanadi. Demak, ularning tarkibiga kiruvchi moddalar shu erituvchida erigan holda bo‘ladi.
Mikstura tayyorlanganda erituvchining konsentratsiyasi keskin pasayadi. Natijada erigan
moddalarning eruvchanligi kamayadi va ular mayda gidrofob zarrachalar holida miksturada
tarqaladi, bu esa miksturaning xiralashishiga olib keladi.
Rp.: Codeini phosphatis 0,15
Natrii benzoatis 3,0
Liq. Ammonii anisati 2 ml
Sirupi Althaeae 30 ml
Aq. purif. 180 ml
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal
Miksturaning umumiy hajmi 212 ml. Belgilangan idishga 135 ml tozalangan suv, 15 ml
kodein fosfat eritmasi (1:100), 30 ml natriy benzoat (1:10) eritmasi solib aralashtiriladi (kodein
fosfat dozasi tekshirilib olinadi). Stakanga 30 ml gulxayri sharbati; 2 ml novshadil arpabodiyon
tomchisi solib aralashtiriladi va belgilangan idishga solinadi. Tegishli yorliq epishtiriladi.
Kimyoviy disperslash usuli
Mayin suspenziyalar kimyoviy reaksiya bilan olinib bularni asosida almashinish,
parchalanish reaksiyasi yotadi. Maqsad yaxshi suspenziya tayyorlash bo‘lsa, unda olinadigan
moddalar juda mayda, disperslangan holatda bo‘lishi kerak.
Quyida keltirilgan namuna ham kimyoviy dispergirlash asosida tayyorlanib, xuqna qilish
uchun qo‘llaniladi.
Rp.: Zinci sulfatis
Plumbi acetatis 0,25
Aquae purificatae 180,0
M.D.S. Xukna uchun
Ishlatishdan oldin chayqatilsin.
Dostları ilə paylaş: