Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Emulsiyalarning hosil bo‘lish nazariyasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Emulsiyalarning hosil bo‘lish nazariyasi
Emulsiyalar hosil bo‘lishidagi asosiy masalalardan biri agregat turg‘unlikni o‘rganishdir. 
Emulsiyalarda agregat turg‘unlik bu har tomonlama dispers sistema bo‘lib, dispers faza, 
dispersion muxitda ko‘prok vaqt ichida bir xilda muallak tarqalishdir. Bunda asosan har bir 
zarracha alohida koagulyasiya holatisiz yoki koalessensiyasiz cho‘kmaga tushadi. Dorixonada 
tayyorlanadigan emulsiyalarning hosil bo‘lishida agregat turg‘unlik asosiy hisoblanganligi uchun 
emulsiya hosil bo‘lish nazariyasidagi ba‘zi bir masalalarga to‘xtalib o‘tamiz.


23
Emulsiyaning mikroskop ostida ko‘rinishi
Emulsiyalar 
xususiyatiga va eng asosiy agregat turg‘unligiga qarab, emulsiyalar ikkiga
bo‘linishi mumkin: suyultirilgan va konsentrlangan. Suyultirilgan emulsiyalarda dispers fazaning 
hajmi (yog yoki suv) 0,1% dan oshmaydi. Aniqlanishicha, suyultirilgan emulsiyalarda osilgan 
zarrachalarni elektr zaryadi yordamida stabillash asosiy omillardan biridir yoki suyultirilgan 
emulsiyalar kolloid zoliga o‘xshashdir. Tibbiyotda ishlatiladigan emulsiyalarga konsentrlangan 
emulsiyalar kiradi. Undagi dispers fazaning miqdori 5% dan oshik. Bu sistemadagi stabillash —
(turg‘unligini oshirish) holati kolloid eritmalardan birmuncha farqlanadi. Dispers fazada 
zarrachalarning elektr zaryadi — emulsiyalarda ikkinchi o‘rinda turadi. Agarda o‘simlik moyi va 
suv teng hajmda olinib aralashtirilsa, disperslanish nazariy jixatdan bir xil bo‘lib, bir vaqtning 
o‘zida ikkala turdagi m/s va s/m emulsiyasi hosil bo‘ladi. Bu holat bir fazaning ikkinchi fazadan 
oshikrok turg‘unligiga bog‘liq. Bu konsentrlangan emulsiyalarning suyultirgan emulsiyalardan 
birinchi farqi hisoblanadi. Ikkinchi farqi shundaki, konsentrlangan emulsiyalar ikki xil toza 
suyuqlikdan tashqil topgan bo‘lib, dispergirlashni to‘xtatish bilan bu sistemaning butunlay 
turg‘unligi buzilib bo‘laklarga bo‘linadi. Bu holatning turg‘unligini oshirish va dispers 
sistemadagi tomchilar bir-biri bilan yopishib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun uchinchi bir 
modda qo‘shiladi.
Bunday modda dispers fazadagi tomchilarning qo‘shilib ketmasligiga va turg‘un 
bo‘lmagan emulsiyalarni turg‘un emulsiyalarga o‘tishiga — emulgirlanishiga olib keladigan 
modda hisoblanib bu moddalar emulgatorlar deyiladi. Emulgatorlar xossalariga ko‘ra har xil 
bo‘ladi: biri emulsiyani moyni suvdagi turini turg‘unligini oshirsa, boshqasi suvni moydagi 
emulsiyasini barkarorligini kuchaytiradi. Faol emulgatorlar yordamida yuqori konsentrlangan 
emulsiyalar hosil kilish mumkin. Masalan: 99% li benzol va 1% li natriy oleat tuzi eritmasidan 
moyning suvdagi (m/s) yuqori konsentrlangan emulsiyasi hosil qilingan. Bunda dispersion muxit 
yupka pardadan iborat bo‘lib (qalinligi atigi 10 mkm ga yakin) shaklini yo‘kotayotgan yog‘ 
tomchilarining o‘rtasida joylashgan. Bunday emulsiyalar studen holatida bo‘lib, ularni pichok 
bilan kesish mumkin.
Emulsiyalarni agregat turg‘unligi va emulsiyalash qoidasi
E = 

* s
bu
E — emulsiya hosil kilish uchun sarf bo‘lgan energiya (n/m)
23
Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология. Изготовления лекарственных препаратов.-
«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2016. (196 bet)


— emulsiya zarrachalari yuzasining umumiy yigindisi (m
2
) у — sirt 
taranglik kuchi (n/m)
Agregat turg‘unlikka ega bo‘lgan emulsiyalarni tayyorlashda (konsentrlangan emulsiya 
nazarda tutiladi) shu xildagi aralashmalar uchun to‘la faol emulgatorlar topish kerak. 
Emulsiyalarning tayyorlanishi har doim mexanik energiyani sarf bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Emulsiyalarning hosil bo‘lishi zarrachalar sonini oshishi va shu barobarida yangi yuza 
hosil bo‘lishi bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi.
Emulsiya hosil bo‘lishida sarflangan quvvati esa ana shu yuza va sirt taranglik kuchi bilan 
bog‘liqdir.
Formuladan ma‘lumki, fazaning sirt taranglik kuchi qancha katta bo‘lsa, undagi erkin sirt 
energiyasining kuchi shuncha ko‘p bo‘ladi, emulsiya hosil kilishda sarflangan quvvati ko‘payadi. 
Bunday holat termodinamik jixatdan barkaror bo‘lmay, o‘z-o‘zidan sistemadagi erkin zaxira 
energiyasini kamaytirish tomoniga siljitadi.
Amalda bu holat tomchilarning bir-biri bilan birlashib, o‘z-o‘zidan yiriklashishiga sabab 
bo‘ladi. Yiriklashish natijasida emulsiyalarning to‘liq buzilishi va ikki qavatga ajralishi yuz 
beradi. Emulsiyalarni alohida mayda zarrachalar holida agregat turg‘unligini saqlash uchun 
dispers holatda saqlash kerak. Buning uchun esa sirt taranglik va ayniqsa, erkin sirt energiya 
birmuncha kamaytirilishi zarur.
Amaliyotda bu vazifa suyuqliklardagi sirt taranglikni kamaytiradigan, suyuqliklar sathida 
mustaxkam ximoya parda hosil kila oladigan moddalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday 
moddalar sirt-faol moddalardir (SFM). Misol orqali tushuntirilganda: benzolni suv bilan 
aralashmasida E=35 dina/sm bo‘lsa, emulsiya tez katlamlarga ajraladi. E=10 dina/sm bo‘lganda 
emulsiya hosil kilish osonlashadi. E=1 dina/sm bo‘lsa aralashma o‘z-o‘zidan emulgirlanib, hosil 
bo‘lgan emulsiyaning turg‘unligi bir necha marta oshadi. Sirt-faol modda — emulgator elektrolit 
bo‘lsa, dispers fazadagi zarrachalarning ustki qismida ikki qavatli elektr katlamini hosil qiladi va 
barkarorligini oshiradi.
Sirt-faol moddalar emulgatorlar faza sathidagi moy-suv sirt oraligidagi erkin qinetik 
energiyani kamaytiradi va sistema turg‘unligini ta‘minlaydi.
Bu holat dispers fazada yopishgan emulgatordan hosil bo‘lgan, ximoya qavat, ya‘ni sirt-
faol modda qavati xususiyatiga bog‘liq. Emulgatorlar molekulasi yoki mitsellasi faza 
chegarasida tartibli ravishda chegaralangan chizma bir yoki bir necha qator bo‘lib joylashadi. 
Mitsellalar joylanishi shu emulgator molekulasi tarkibidagi funksional kimyoviy guruhlar 
xossasiga bog‘liq. Bu guruhlar gidrofil xossaga ega bo‘lsa, mitsellalarning ana shu guruhlari 
suvda eriydi va suv bilan yaxshi aralashadi. Natijada suv emulgirlangan zarrachalar —
mitsellalar bilan yaxshi aralashadi. Emulgator yaxshi eriydigan suyuqlik dispersion muxit 
hisoblanadi. SHunday qilib turg‘un m/suvdagi emulsiyasini hosil kilish uchun gidrofil xossasi 
bo‘lgan, suvda yaxshi eriydigan va yog‘ tomchilari sathini o‘rab ustida ximoya parda hosil qila 
oladigan emulgator kerak. Suvning yog‘dagi emulsiyasini hosil kilish uchun oleofil yoki yog‘da 
yaxshi eriydigan emulgator zarur. Dispers fazadagi tomchilarning katta-kichikligi sarflangan 
energiyani miqdoriga, ikki faza o‘rtasidagi sirt taranglik kuchini pasayishiga bog‘liq. Ayniqsa 
gomogenizatsiya usuli bilan emulsiya tayyorlashda katta mexaniq kuch sarflansa turg‘un 
emulsiya hosil kilish mumkin. Gomogenizatsiya usulida emulsiyani faqatgina dispersligi 
oshmasdan, uning turg‘unligi ham oshadi.
Ichish uchun ishlatiladigan emulsiyalar 

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin