Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Tushuntirish matni
Agar retseptda aniq ko‘rsatma bo‘lmasa, o‘z RSSV ning 2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli 
buyrug‘iga asosan:
5—10% li yod eritmasi — 96% li etanolda (X DF);
1—2% li yod eritmasi— 96% li etanolda;
1,5% li vodorod peroksid eritmasi— 96% li etanolda;
1% li sitral eritmasi — 96% li etanolda;
1—2% salitsil kislotasi —70% li etanolda;
0,5%; 1—3%; 5% li borat kislotasi eritmalari —70% li etanolda; 
1—2% li brilliant yashili —60% li etanolda tayyorlanadi; 1% li 
metilen kuki eritmalari —60% li etanolda tayyorlanadi.
Spirtli eritmalar og‘irlik — hajm usulida tayyorlanadi.
Rp.: Acidi borici 0,3
Sp. aethylici 70% — 10 ml
M.D.S. Sirtga ishlatish uchun.
quruq flakonga 0,3 g borat kislotasi, 10 ml 70% li etil spirti solib eritiladi (og‘zi tez 
berkitiladi). Erishni tezlashtirish uchun idishni iliq suvga (40—50°S) solib isitish mumkin.
Ba‘zan 70% li spirt olish uchun 95% li spirtni suyultirish lozim bo‘ladi. Bunda quyidagi 
formuladan foydalanish mumkin:
X=V*B/A
Masalan, 50 ml 70 %li spirt eritmasini tayyorlash kerak.
X = 50 * 70/95 = 36,8 ml
Silindrga 36,8 ml 95% li etil spirti solib hajmi 50 ml ga etguncha tozalangan suv 
qo‘shiladi. Ulchov silindri bo‘lmagan hollarda XI DF ning 3—4 alkogolometrik jadvalidan 
foydalanish mumkin.
Moyli, glitserinli eritmalar og‘irlik usulida tayyorlanadi. Erishni tezlashtirish uchun eritma 
suv hammomida qizdiriladi. Eritma to‘g‘ridan-to‘g‘ri bemorga beriladigan idishning o‘zida 
tayyorlanadi, ya‘ni filtrlanmaydi.
Rp.: Acidi salicylici 1,0
Spiritus aethylici 95% –10 ml
Viridi nitentis 0,1
Collodii ad 100,0
M. D. S Sirtga ishlatish uchun.


Og‘irlik usuli bilan tayyorlanadi. 10g 95% spirt tortib olib, unda 1, 0 g salitsil kislotasi 
eritiladi. Zarur bo‘lsa bir chimdim paxta orqali suzib tozalanadi, so‘ng unda 0,1 brilliant ko‘ki 
eritiladi va ustiga 100 grammgacha kollodiy solinadi.
Tiniq qovushqoq, ko‘k rangli suyuqlik, efirga xos hidli. Teriga surtilganda yupka parda 
hosil qilib qotadi.
Rp.: Anaesthesini
Novocaini aa 1,0
Mentholi 2,5
Spirtus aelhylici 70%-100 ml
M. D. S. Sirtga ishlatish uchun.
Yozilgan miqdor dagi dori moddalar beriladigan idishga tortib olinib, ustiga 100 ml 70% 
spirt solinadi, chayqatib eritiladi. Tinik rangsiz mentolga xos hidli eritma. Sirtga og‘riq 
qoldirishda, ustki nerv yallig‘lanishi yoki mushak to‘kimalari shamollaganda, teri, teri osti 
mushaklar shamollashi ta‘siridagi kichimalarni to‘xtatish uchun ishlatiladi. B ro‘yxati bo‘yicha 
Salqin joyda saqlanadi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin