eritiladi. Zarur bo‘lmasa suzilmaydi. Eritma ifloslanganda ikki qavatli doka orqali suziladi.
O‘simlik moylari, vazelin moyi va glitserin qovushqoqligi yuqori suyuqliklar bo‘lganidan bu
suyuqliklarda moddalar erishi kiyin bo‘ladi. Eritishni tezlatish maqsadida bu suyuqliklar qisman
isitiladi. O‘simlik moylari va vazelin moyida tayyorlangan
eritmalar quruq idishlarda
tayyorlanishi kerak.
Sirtga ishlatish uchun mo‘ljallangan eritmalarni ko‘pchiligi tayyorlanganda ularning ta‘sir
muddatini o‘zaytirish maqsadida, dori modda eruvchanligini hisobga olgan holda erituvchilardan
spirt, efir va xloroform, o‘simlik moyi, vazelin moyi va glitserin ishlatiladi. Bunda shuni nazarda
tutish kerakki, ishlatiladigan erituvchilar Davlat farmakopeyasi talablariga javob berishi zarur.
Tibbiy amaliyotda ishlatishga ruxsat etilgan bo‘lishi kerak. Suvsiz eritmalar tayyorlanadigan
idish toza va quruq bo‘lishi kerak. Suvsiz erituvchilarni (moy, glitserin, xloroform)
qovushqoqligi yuqori bo‘lgani sababli ularni og‘irlik usulida tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: