Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Gidrofob asoslar
Kakao moyi va boshqa tabiiy yog’lar.
Kakao moyi (Oleum Cacao) — zich konsistensiyali 
o’simlik yog’i bo’lib, shokolad daraxtining urug’idan olinadi, urug’ida 50% gacha yog’ saqlanadi. 
Kakao moyi xona haroratida och-sargish rangli bo’lakchalar, kakao hidli va yoqimli surtmaga 
egadir. Suyuqlanish harorati 30-34
0
S, sekin ayniydi, natijada oqara boshlaydi. Kislota soni 2,25 
dan oshmasligi kerak. 
X DF ga asosan kakao moyi o’z tarkibida hayvon yog’i qoldiqlarini saqlamasligi kerak, bu 
Byurklunda tajribasi yordamida aniqlanadi. 3 ml efirdan 1 g kakao moyi eritmasi xona haroratida 
24 soat mobaynida tiniqligicha qolishi kerak.Kakao moyi — qadimiy yaxshi suppozitoriy asos, 
biroq u xorijdan keltiriladi, shunga ko’ra uning o’rniga ko’pincha boshqa asoslar ishlatilatiladi,
buning ustiga kakao moyining ayrim salbiy xossalari ham bor, chunonchi: polimorfizm va u bilan 
bog’liq suyuqlanish haroratining doimiy emasligi, aynib qolishi va h.k. 
Yapon korichnigi yog’i (Oleum Cinnamomi pedunculati). Yapon korichnigi mevasining 
yadrosidan uning qattiq yog’i olinadi. 1957 yilda L.I.Eristavi bu yog’ni kakao moyi o’rnini 
bosuvchi sifatida taklif etgan. Siqib olish usuli bilan mevadan 30 % yog’ olish mumkin. U 
quyuqlanish darajasi yuqori, oq-sarg’ish rangli, kuchsiz yoqimli hidli moydir. Erish harorati 34-
35
0
S , Yapon korichnigining yog’i kakao moyiga o’xshab suyuqlikka aylanadi. 
Quyuqlashtirilgan yog’lar va ularning texnologik variantlari.
Quyuqlashtirilgan yog’lar kakao moyi bilan birgalikda eng istiqbolli moddalar guruhidir.
Ular suppozitoriy asosini hosil qilishi, klinika talabiga javob berish uchun ko’p ishlab chiqariladi. 
Shuni qayd qilib o’tish kerakki, tadqiqotchilarimiz farmatsiyada quyuqlashtirilgan yog’larning 
ishlatilishini birinchi bo’lib kashf qilganlar. 1934 yili A.G. Bosin ajoyib parafin va 
quyuqlashtirilgan yog’lar qotishmasini — suppozitoriy asosi butirolni ishlab chiqdi. Hozirgi 
vaqtda Gorkiy nomidagi kimyo-farmatsevtika zavodida mana shu qotishmaga 30% kakao moyi 
qo’shilmoqda (VFS 42—836—73). Quyuqlashtirilgan yog’lar sham dorilar asosi sifatida X DF 
bilan birga dunyo farmakopeyasiga ham kiritilgan. Masalan, Shveysariya farmakopeyasiga 
gidrogenlangan yer yong’oq, Britaniya farmakopeyasiga — suvsizlangan kungaboqar moyi 
kiritilgan va boshqalar.


Gidratlangan soya va palma yadrosi moylari, kanakunjut moyi bilan uning gidrogenizati 
qotishmalari o’z afzalliklarini ko’rsatdi. Shuningdek, gidratlangan moylarning emulgatorlari bilan 
kombinatsiyasi, masalan araxis gidrogenizatining 10 % miristin yoki setil alkogoli yoki 3%li 
trietanolaminostearat bilan qotishmasi keng tavsiya qilinadi. Yu.A.Blogovidova va I.S.Ajgixin 
(1965) ma’lumotlari bo’yicha gidratlangan paxta moyining 4—5% emulgator T
2
bilan 
qotishmalari struktur — mexanik xossalariga ko’ra kakao moyidan qolishmaydi va talaygina 
miqdordagi suyuqliklar hajmini o’z tarkibiga osonlikcha kiritishi va dori moddalarini in vivo tez 
berishi bo’yicha ajralib turadi. Kakao moyini paxta moyi bilan almashtirish yuqori sifatli konditer 
yog’lari ishlab chiqarishni taqozo qiladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin