6 semestr o’quv materiallari
1 - Ma’ruza.
Mavzu 1. Yumshoq dori turlari. Shamchalar, ishlatildigan asoslar, umumiy texnologiyasi.
Ma’ruza maqsadi
:
Shamchalar
ta`rifi, tasnifiga oid nazariy ma’lumotlarni berish.
Tayanch atama va iboralar:
Suppositoria rectalia- to’g’ri ichak shamchalari
Suppositoria vaginalia- qin shamchalari
Bacilli-tayoqchalar
Globuli- sferik sharchalar
Ovuli- ovalsimon
Pessaria- tilsimon
Dezinfeksiyalovchi- mikrobiologik ta’sirni bartaraf etuvchi
Reja:
1.
Shamdorilarning qo’llanilishi va ularning zamonaviy tabobatdagi ahamiyati.
2.Shamchalar ta’rifi –tasnifi
3.Shamchalarni afzalliklari va kamchiliklari
4.Asoslar va ularga qo’yilgan talablar
Shamchalar deb, xona haroratida qattiq, lekin inson tanasi haroratida eriydigan, tana
bo’shliqlariga kiritiladigan dozalangan dori shakliga aytiladi. Tana bo’shliqlarining ko’rinishi va
xususiyatlariga qarab suppozitoriylar turlicha geometrik shakl va o’lchamlarda bo’ladi.
Shamchalar quyidagi turlarga bo’linadi: rektal (suppositoria rectalia), vaginal (suppositoria
vaginalia) shamcha va tayoqchalar (bacilli). Rektal suppozitoriylar to’g’ri ichakka kiritish uchun,
vaginali ayollar qiniga va tayoqchalar siydik chiqarish yo’llariga hamda boshqa kanallarga
(bachadon kanali, ingichka kanallarga kiritish uchun hamda eshitish yo’llariga) kiritish uchun
mo’ljallangan. Shamchalar insoniyatga qadimdan ma’lum. Rektal shamchalar haqida birinchi
marta eramizdan avvalgi 2600 yilda eslatib o’tilgan.
Rektal shamchalar bilan bir qatorda qadimgi manbalarda, masalan: Ebers papirusida vaginal
shamchalar to’g’risida ham ma’lumot berilgan. Bizga etib kelgan qo’l yozmalarning guvohlik
berishicha, Messopotamiya va Misrliklar turli xil jonivorlardan, o’simliklar kukunlaridan, asaldan
va boshqa narsalardan tayyorlangan shamdorilarni qo’llashgan.
So’nggi o’n yil ichida shamchalar safi barcha Evropa mamlakatlari va AQSHda keskin ortdi.
Ularning dori-darmon shaklidagi obro’si o’sib bormoqda. Ayniqsa, uning sanoatda ishlab
chiqarilishining o’zlashtirilishi va bu dori turlarining butun organizmga ta’sir qiladigan xillarining
yaratilishi, ularning keng ko’lamda ishlatilishiga sabab bo’ldi. Shamchalarning korxonalarda
ishlab chiqarilishi standart qoliplarda Gorkiy va Xabarovsk shaharlaridagi ixtisoslashtirilgan yirik
farmatsevtika zavodlarida amalga oshiriladi.(1-rasm).
|