Tayyorlanishi. Beriladigan idishga 136 ml suv o‘lchab solinadi va unga so‘ngra natri
bromid konsentrlangan eritmasidan (1: 5) 30 ml olib idishga quyiladi va kodein fosfat (1: 10)
konsentratidan 2 ml qo‘shiladi.
Mikstura ustiga valeriana suyuk konsentratidan 12 ml qo‘shib , jixozlab beradi.
Misol: Rp: Infusi herbo Thermopsidis – 200 ml
Natrii benzoates -1,5
Natrii bromidi -3,0
Liguor Ammonii anisatus - 6,0
M.D.S.
Pasport: Termopsis quruq ekstrakti (1: 1 )
Natriy benzoat 1,5 (1: 1 )
Natriy bromid 3,0 (1:5 )
Novshadilanis tomchisidan -6,0
Suv - 170 ml
Tayyorlanishi : Beriladigan idishga 170 ml suv o‘lchab solinadi va unga 0,5 g
termopsisni quruq ekstrakti (1: 1) dan qo‘shiladi va konsentrat to‘liq erib ketguncha chayqatiladi.
So‘ngra natriy benzoat (1: 10 ) dan 15 ml va natriy bromid (1: 5) konsentratidan 15 ml
qo‘shiladi. Oldindan novshadilanis tomchisidan ozgina tayyor mikstura bilan aralashtirib,
so‘ngra umumiy miksturaga qo‘shiladi va jihozlanadi.
Rp: Infusi radicis Althaeae -5,0 – 100
Natrii benzoatis -1,5
Elixiris pecforalis - 1,5
M.D.S.
Pasport: Gulxayri ildizi quruq ekstrakti 5,0 (1: 1)
Natriy benzoat - 1,5 (1: 10)
Kukrak eliksiri 1,5
Suv -100 ml gacha
V um 100 ml.
Tayyorlanishi : Gulxayri ildizi quriq ekstraktidan 5,0 gr olib uni avval yaxshilab
maydalanadi. 2 ml suv olib xovonchaga tomchilab aralashtiriladi. Uni ustiga natriy benzoat
konsentratidan (1: 10) nisbatdagi eritmasidan 15 ml qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan mikstura ustiga
kukrak eliksiri qo‘shilib jixozlab beriladi. Tindirilgan xolatda suziladi.
Suvli ajratmalarning sifatini aniqlash uchun hujjati dorixat pasporti, joylanishi,
rasmiylashtirilgani shuningdek «Salqin joyda saqlansin», «Ichishdan oldin chayqatilsin» degan
yorliklar bor-yo‘qligi, xidi, rangi, mazasi, mexanik iflosliklar yo‘qligi va ularning xajmi
to‘g‘riligi tekshiriladi.
Oling: Valeriana ildiz va ildizpoyasi damlamasi
180ml Natriy bromid 5,0
Kodein fosfatdan 0,2
A.B.B. 1 osh -oshi-dan kuniga 3 marta ichilsin
Oling: Termopsis o‘ti damlamasi 200 ml
Natriy benzoat 2,0
Natriy bromid 3,0
Novshadil arpabodiyon tomchisi 5ml
A.B.B.
Oling: Gulxayri ildizi damlamasi 50,0
Natriy benzoat 2,0
Ko‘krak eliksiri 1,5
A.B.B.