Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   444
farmatsevtik texnologiya

6 semestr o’quv materiallari 
1 - Ma’ruza.
Mavzu 1. Yumshoq dori turlari. Shamchalar, ishlatildigan asoslar, umumiy texnologiyasi. 
Ma’ruza maqsadi
:
Shamchalar
ta`rifi, tasnifiga oid nazariy ma’lumotlarni berish.
Tayanch atama va iboralar:
Suppositoria rectalia- to’g’ri ichak shamchalari
Suppositoria vaginalia- qin shamchalari
Bacilli-tayoqchalar
Globuli- sferik sharchalar
Ovuli- ovalsimon


Pessaria- tilsimon
Dezinfeksiyalovchi- mikrobiologik ta’sirni bartaraf etuvchi
Reja:
1. 
Shamdorilarning qo’llanilishi va ularning zamonaviy tabobatdagi ahamiyati.
2.Shamchalar ta’rifi –tasnifi
3.Shamchalarni afzalliklari va kamchiliklari
4.Asoslar va ularga qo’yilgan talablar
Shamchalar deb, xona haroratida qattiq, lekin inson tanasi haroratida eriydigan, tana 
bo’shliqlariga kiritiladigan dozalangan dori shakliga aytiladi. Tana bo’shliqlarining ko’rinishi va 
xususiyatlariga qarab suppozitoriylar turlicha geometrik shakl va o’lchamlarda bo’ladi.
Shamchalar quyidagi turlarga bo’linadi: rektal (suppositoria rectalia), vaginal (suppositoria 
vaginalia) shamcha va tayoqchalar (bacilli). Rektal suppozitoriylar to’g’ri ichakka kiritish uchun, 
vaginali ayollar qiniga va tayoqchalar siydik chiqarish yo’llariga hamda boshqa kanallarga 
(bachadon kanali, ingichka kanallarga kiritish uchun hamda eshitish yo’llariga) kiritish uchun 
mo’ljallangan. Shamchalar insoniyatga qadimdan ma’lum. Rektal shamchalar haqida birinchi 
marta eramizdan avvalgi 2600 yilda eslatib o’tilgan.
Rektal shamchalar bilan bir qatorda qadimgi manbalarda, masalan: Ebers papirusida vaginal 
shamchalar to’g’risida ham ma’lumot berilgan. Bizga etib kelgan qo’l yozmalarning guvohlik 
berishicha, Messopotamiya va Misrliklar turli xil jonivorlardan, o’simliklar kukunlaridan, asaldan 
va boshqa narsalardan tayyorlangan shamdorilarni qo’llashgan.
So’nggi o’n yil ichida shamchalar safi barcha Evropa mamlakatlari va AQSHda keskin ortdi. 
Ularning dori-darmon shaklidagi obro’si o’sib bormoqda. Ayniqsa, uning sanoatda ishlab 
chiqarilishining o’zlashtirilishi va bu dori turlarining butun organizmga ta’sir qiladigan xillarining 
yaratilishi, ularning keng ko’lamda ishlatilishiga sabab bo’ldi. Shamchalarning korxonalarda 
ishlab chiqarilishi standart qoliplarda Gorkiy va Xabarovsk shaharlaridagi ixtisoslashtirilgan yirik 
farmatsevtika zavodlarida amalga oshiriladi.(1-rasm).



Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin