Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Suvda eriydigan, asosda erimaydigan moddalar



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Suvda eriydigan, asosda erimaydigan moddalar.
Bunday moddalarga alkaloid tuzlari, novokain, etakridin laktat va boshqalar kiradi.
Ular yog’li asoslarga eritma ko’rinishida kiritiladi, ya’ni emulgirlangan bo’lishi kerak. 
Emulgator sifatida lanolin va setil spirti ishlatilishi mumkin. Buning uchun eritmaning miqdori 
iloji boricha oz bo’lishi kerak, aks holda bu massaning yumshoqligini oshiradi. Suvli eritmaning 
massaga emulgatorsiz kiritilishi aralashmani uqalanib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Shunday 
qilib, lanolin bunday aralashmalarda qotgan yog’ kristallarining bir-biriga yopishishini 
ta’minlaydigan yupqa parda — plastifiqator rolini o’ynaydi. Erituvchi sifatida nafaqat suv, balki 
suyultirilgan spirt, suv — glitserin — spirt aralashmasi va boshqa dorivor moddalarni yaxshi 
eritadigan suyuqlik olinishi mumkin. Eritmalar esa chin eritma yoki kolloid eritma bo’lishi 
mumkin.
Asos va suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan moddalar. 
Vismut preparatlari, rux 
oksidi shunday moddalarga misol bo’ladi. Bunday moddalar yupqa suspenziya ko’rinishida 
kiritiladi. Bunda dorivor modda yirik kukunga aylantirilgan bir qism asos yordamida yoki eritilgan 
asos yordamida yaxshilab eziladi, so’ngra asosni qolgan qismi aralashma tarkibiga qo’shib 
aralashtiriladi. Eritilgan asos bilan dori moddaning maydalanishi yaxshi natija beradi, chunki 
bunda dori modda yaxshi maydalanadi va bir tekis aralashadi.
Jo’valash usuli.
Jo’valash usuli bilan shamdori, sharcha va tayoqcha tayyorlanganda faqat kakao moyi va
uning hosilalari qo’llanilishi mumkin. Kakao moyini qirg’ich tegirmon orqali o’tkazib 
maydalanadi. Maydalash uchun esa sovutilgan kakao moyi olish maqsadga muvofiqdir.
2
Allen L., Ansel H. Pharmaceutical Dosage Forms and Drug Dilevery Systems he 10th ed. 
Philadelphia-Baltimore-NY, 2014.(365 s)


Shamchalarni jo’valash usulida tayyorlash uchun retseptdagi moddalarning yog’dagi va 
suvdagi eruvchanligi hisobga olinadi.
Shamchalarni jo’valash usuli bilan tayyorlash uchun olinishi kerak bo’lgan dori moddalar va 
shamcha asosining kerakli miqdori hisoblanib, pasport tuziladi. Chinni havonchaga dori modda 
solib maydalanadi. Dori moddaning xususiyatlari va eruvchanligini hisobga olgan holda uni oz 
miqdor suvda yoki suyultirilgan asosda eritib olish mumkin. Suvda va moyli asosda erimaydigan 
dori moddalarni esa suspenziya tayyorlash qoidasiga ko’ra qo’shiladi. Agar shamcha tarkibiga 
zaharli va kuchli ta’sir etuvchi ro’yxatdagi dori moddalar kirgan bo’lsa, u holda X DFda 
keltirilgan jadvaldan foydalanib, bu moddalarni ichish uchun belgilangan yuqori doza qoidasiga 
amal qilish kerak bo’ladi. Havonchadagi maydalab yoki eritib olingan dori modda ustiga oz-ozdan 
shamcha asosi qo’shib aralashtiriladi. Shamcha asosi oldindan qirg’ich orqali maydalab 
chiqarilgan bo’lishi kerak, ana shunda aralashtirish jarayoni bir xil boradi. Agar shamcha asosi va 
dori moddani xuddi elaki dorilardagi singari havoncha dastasi bilan aylanma harakat yordamida 
aralashtirilsa moddalar aralashuvi yaxshi bo’lmaydi va shamcha asosi tez suyulib ketadi. Shuning 
uchun aralashtirish jarayonini yaxshilash maqsadida ularni dasta yordamida ezg’ilash kerak. 
Ezg’ilash davomida moddalar plastmassa kurakcha yordamida havoncha devorlaridan ko’chirib 
turiladi. Hosil bo’lgan shamcha massasi havoncha devoriga yopishib qolmaydigan qattiqroq xamir 
holatida bo’lish kerak. Agar tayyorlangan shamcha massasi muloyim (plastik) holatga kelmasa, 
ya’ni uvalanib ketsa , u holda qovushqoqlikni oshirish uchun ozgina suvsiz lanolin (har 30 g 
shamcha massasiga 1-1,5g hisobida) qo’shib aralashtiriladi. Shamcha massasi tayyor bo’lgach uni 
toza mumlangan yoki pergament qog’ozga o’rab, tez-tez harakat yordamida kaftlar orasida siqilib, 
zuvala hosil qilinadi. Shamcha zuvalasi tortilib pasportga yozib quyiladi. Shamcha dorini hab dori 
tayyorlash moslamasining oynasiga qo’yib, jo’va yordamida uni g’ulacha shakliga keltiriladi. 
G’ulachaning yo’g’onligi barcha yerida bir xil bo’lish kerak, aks holda shamchalar katta-kichikligi 
turlicha bo’lib qolinadi. G’ulachani keskich yordamida dorixatda ko’rsatilgan miqdorida teng 
bo’linadi. Har bir bo’lak yassi taxtacha (rolik) yordamida zoldir holiga keltiriladi. Dorixatda zoldir 
tayyorlash aytilgan bo’lsa shu holda qoldiriladi. Agar boshqa shakl yozilgan bo’lsa, jo’vani 
tekislikka nisbatan qiya ushlagan holda zoldirga konus, torpedo shakllari yoki jo’vani tekislikka 
gorizontal tutgan holda zoldirni o’ng va chap tomonlarga bir necha marta dumalatib tayoqcha 
shakli beriladi. Tayyor bo’lgan shamchalarni yupqa, mumlangan yoki parafinli qog’oz 
bo’lakchalariga o’raladi. Zoldir va tayoqchalar gofrillangan qog’ozda, karton qutilarda beriladi. 
Qutilarga «Sirtga ishlatish uchun», «Salqin joyda saqlansin» singari yozuvlari bo’lgan yorliq 
yopishtiriladi.
Rp.: Extracti Belladonnae 0,015
Novocaini 0,015
Sol. Adrenalini qtt XX.
Olei Cacao q,s.
Ut. fiat. supp. N 10.
D.S. to’g’ri ichakka 1 ta shamchadan
Havonchaga 20 tomchi adrenalin gidroxlorid tomiziladi va unda 0,15 g novokain eritiladi, 
shundan keyin 0,3 ml belladonna ekstraktining spirt-suv-glitserinli aralashmasi qo’shiladi. Olingan 
suyuqlik 1-1,5 g suvsiz lanolin bilan aralashtiriladi, keyin kakao moyi qo’shilib, muloyim massa 
hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor massa hab dori tayyorlash moslamasining oynasiga 
o’tkaziladi, taxtacha yordamida diametri bir xil bo’lgan silindr tayoqcha yasaladi va dorixatda 
ko’rsatilgan miqdordagi teng bo’lakka keskich yordamida bo’lib, har bir bo’lakka shakl beriladi. 
Shamdori shaklini konussimon, torpedo yoki sigara shaklida qilib ham jo’valash mumkin.
Jo’valash usulida sharchalar tayyorlash.
Rp.:Osarsoli 0,2
Acidi Borici 0,25
Olei Cacao q.s.
Ut.f. globuli N 20.


D.S.
Osarsol («A» ro’yxatida) suvda kam eriydi. Bor kislotasining eruvchanligi ham yuqori emas 
(1:25). Shuning uchun moddalar kukun ko’rinishiga olib kelinadi. Ularni murakkab elaki dorilar 
tayyorlash qoidasi bo’yicha aralashtiriladi. Keyin kakao moyini oz-ozdan aralashtiriladi. So’ngra 
undan tayoqcha yasab, uni 20 ta bo’lakka mo’ljallab bo’linadi. Har bir bo’lagidan alohida shar 
yoki ovuli, pessariy yasaladi.
Z.V.Gurvich sharchalar uchun taklif etgan keskich moslamaning eni 15 mm va uzunligi 15 
sm bo’lib, u yoysimon shaklda tuzilgan. Bu keskichning dorixona sharoitida shamdorilar 
tayyorlashda ishlatilishi ancha qulay va unumliroqdir. Moslama sharchalarni kesishda ishlatiladi. 
Keskichning yana bir yaxshi tomoni shundaki, u massaga bir yo’la shar shaklini ham beradi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin