Signa.
2
Tayoqcha shaklidagi shamdorilar dorixatda yozilganda, ularning uzunligi hamda diametri va
soni ko’rsatiladi.
Rp.: Iodoformii 0,2
Ol.Cacao q.s.,
ut f.bacillus longitudinae 5 sm et diametro 4 mm
D.t.d.N.6.
S. Bir kunda 2 ta tayoqchadan siydik yo’liga.
Shuni esda tutish kerakki, dorivor moddalar bilan birga zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi
moddalar to’g’ri ichakning shilliq qavatida so’riladi.
Shu sababli dorivor moddalarni rektal yuborish peroralga qaraganda kuchli ta’sir qiladi.
Zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi dori moddalar dozasi DF X bo’yicha tekshirilishi shart.
Asosga dori moddalarni kiritish usullari:
Gidrofob asosda shamchalarni tayyorlash quyidagicha olib boriladi: 1) massa tayyorlash, 2)
shamcha, sharcha va tayoqchalarni shakllantirish. Massa tayyorlash uchun har xil dori moddalar
kiritish lozim. Asosga dori moddalarni kiritish ularning tarkibi, xossasi va eruvchanligiga bog’liq.
Suvda erimaydigan, asosda eriydigan moddalar
.
Asosda eriydigan moddalarga kamfora, xloralgidrat, fenol va boshqa moddalar kiritishimiz
mumkin. Bu moddalarni bir qism asosda yoki suyultirilgan asosda eritiladi. Agar bu moddalar
eritilishi natijasida asos bilan dori modda aralashmasining erish harorati pasayib ketsa, u holda
evtektik birikma hosil bo’ladi. Xloralgidrat, kamfora, fenol kabi dori moddalari bilan asos
aralashtirilganda aralashma erish harorati keskin pasayib — evtektik birikma hosil qiladi. Bunday
hollarda aralashma tarkibiga uni erish haroratini oshiruvchi yoki tarkibini qattiqlashtiruvchi
(qotiruvchi) moddalar (mum, parafin) qo’shish lozim. Evtektik birikmalar hosil bo’lish
muammolari yaxshi o’rganib chiqilmaganligi sababli, qotiruvchi moddaning qo’shiladigan
miqdori va turi har gal tajriba yo’li bilan alohida aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: