Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Jo’valash usulida tayoqchalar tayyorlash



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Jo’valash usulida tayoqchalar tayyorlash.
Rp.: Xeroformii 0,2
Ol. Cacao 2,0
Ut. fiat bacillae longitudine 4 sm et diametro 4 mm.
M. Divide in partes aequales N 4.
D.S.
Kseroform modda sifatida asosda ham, suvda ham erimaydi (shuning uchun kseroformni 
suspenziya ko’rinishida kiritiladi), uni yog’ning yarim miqdori bilan havonchada aralashtiriladi
keyin asosning qolgan miqdori qo’shiladi. Tayyor massa teng miqdorda 4 qismga bo’linadi, har 
qaysi qismdan 4 sm uzunlikda tayoqcha jo’valab olinadi. Tayoqchaning qalinligi uzunasiga bir xil 
bo’lishi va bir tomoni uchli bo’lishi kerak.
Shamchalarni tayyorlash usullari.
Quyish usuli
Quyish usuli bo’yicha shamcha, sharcha va tayoqchalar tayyorlanadi (3, 4, 5-rasmlar), bunda 
hamma turdagi asoslar qo’llaniladi. Quyish maxsus qoliplar yordamida olib boriladi. Agar 
shamcha, sharcha va tayoqcha tarkibiga kiruvchi moddalar asosida eritilsa, bunda bu jarayonda 
quyiladigan moddalar oz-moz isitilgan holda quyiladi va oxirida sovutiladi.
3-rasm. Shamcha quyish qolipi.
4-rasm. Sharcha quyish qolipi.
5-rasm. Tayoqcha quyish qolipi.
Tarkibga kiruvchi moddalar asosda erimasa solishtirma og’irligi har xil bo’lishi natijasida 
yaxshi aralashmaydi, unda modda taqsimlanishi har xil bo’lib ta’sir doirasi ham buzilish xavfi 
tug’iladi. Bunday hollarni oldini olish maqsadida quyidagilarga e’tibor berish kerak:


1. Eritilgan asosni konsistensiyasi quyuq bo’lishi kerak.
2. Massani qoliplarga quyishni tezlik bilan bajarish kerak.
3. Quyilgan formalar tez sovutilishi kerak.
Quyish usulida gidrofob asoslarda shamchalar tayyorlash uchun kerakli miqdordagi dori 
modda va asos tortib olinadi. Shamcha asosini maxsus cho’michda yoki chinni kosachada suv 
hammomida 40-45

haroratda eritib olinadi. Erigan asosga yaxshi maydalangan dori modda 
qo’shib shisha tayoqcha yordamida aralashtiriladi. Ko’pincha aralashtirish jarayonida ko’plab 
havo pufakchalari kirib qoladi. Shunday paytda aralashtirishni to’xtatib, qorishmani suv 
hammomida biroz qizdirib olish kerak bo’ladi. Idishdagi qorishma bir oz sovigach quyuqlasha 
boradi va harorat 37-40
0
bo’lganda uni qoliplarga quyish mumkin. Qoliplar albatta sovitgichda 
kamida bir soat tutib turilgan bo’lishi kerak. Maxsus voronka yordamida qorishma qolipga 
quyiladi. Shamchalar qolipdan yaxshi ajralishi uchun qolip uyalarini oldindan vazelin moyi yoki 
sovunli spirt bilan artish kerak. Shamchalar to’liq qotguncha sovitgichda (taxminan 20-30 daqiqa) 
saqlanadi. Tayyor shamchalar yuqorida aytib o’tilgan tartibda jihozlanadi.
Shamchalarni quyish usulda tayyorlashda kerakli asos miqdorini oldindan hisoblab topish 
kerak. Ma’lumki, qolip uyasining hajmi kakao moyi sig’imini ko’rsatadi. Masalan, qolip uyasining 
hajmi 3 g bo’lsa, u holda shu qolipda kakao moyidan quyib tayyorlangan shamchalar og’irligi 3 g 
bo’ladi deb tushuniladi. Dori modda ma’lum bir hajmni egallashini hisobga olgan holda, asos 
miqdorini bir oz kamaytirib olishga to’g’ri keladi. Aks holda qolipga qorishmani quyish vaqtida 
uning bir qismi ortib qoladi va natijada shamchalar tarkibidagi dori modda miqdori kam bo’lib 
qoladi (dozasi kamayadi). Demak, asosning kerakli miqdorini aniq bilish uchun dori modda 
qancha y hajmni egallashini topish kerak. Buning uchun o’rin olish koeffitsiyenti (K
u
) yoki teskari 
o’rin olish koeffitsiyentidan (1/K
u
) foydalaniladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin