Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Jelatin-glitserinli asoslar
tarkibiga X DF bo’yicha: jelatina 1 qism, glitserin 5 qism va suv 2 
qism kiradi. Oldingi farmakopeya bo’yicha asos tarkibida 12,5% jelatina bo’lgan. Chet el 
farmakopeyalarida bu ko’rsatkich 10% (Fransiya) va 20% gacha (Vengriya) qayd qilingan. 
Og’irligi yuqori bo’lgan jelatina o’zida katta barqarorlik va taranglik xossalarini namoyon qiladi. 
Jelatinaning miqdori kam bo’lsa, asos massasining yumshoqligi oshadi va u tez eriydi. Glitserin 
miqdorining oshishi massaning qurishiga olib keladi. Mexanik turg’unligi kam bo’lgan jelatina-
glitserinli asoslar vaginal shakldagi dorilarni tayyorlash uchun qo’llaniladi. Bu asosning afzaligi 
shundan iboratki, unda dorivor moddalar yaxshi so’riladi. Jelatina-glitserinli asoslar tarkibiga 
elektrolit tuzlar kiritilishi buzilishiga, ya’ni sinerezisga olib keladi. Kislota va ishqorlar jelatinali 
asoslarni suyultirib yuborish xususiyatiga ega.
Sovun-glitserinli asoslar
. Ulardan shamchalar tayyorlanadi va sof holda surgi dori sifatida 
qo’llaniladi. Bu massaning tarkibi har xil. Glitserinli jelatinaga o’xshash X DF bo’yicha 
shamchalar shunday tayyorlanadi. 60 g glitserin 2,6 g natriy karbonat kristalli suv hammomida 
eritiladi, shundan keyin 5 g stearin kislotasi oz-ozdan qo’shiladi. Karbonat gazi chiqarib 
yuborilgandan va sovun ko’pigi yo’qolgandan keyin massa formaga, ya’ni shaklga keltiriladi va 
shunday hisob qilinadiki, har bir shamcha 3 g glitserin saqlashi kerak. Natriy karbonat va stearin 
kislotalar asosan Avstriya va Polsha farmakopeyasi ko’rsatmasi bo’yicha olinadi. Boshqa davlatlar 
farmakopeyasi bo’yicha (AQSH, Vengriya va Gollandiya) asosan tayyor tibbiyot sovunini 


glitserin bilan eritish yo’li bilan olinadi. Tibbiyot sovunidan olinadigan asoslar oldingilar bilan 
teng emas. Tibbiyot sovunining asosiy tarkibi stearat va palmitat natriydan iborat, glitserin bilan 
qattiq glitsirogel olinadi. Shamcha qattiq sovunlar asosida tayyorlanadi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin