Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Gidrofil asosdan tayyorlanuvchi shamchalar



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Gidrofil asosdan tayyorlanuvchi shamchalar
Suvda eruvchan asoslarda faqat shamcha va sharchalar tayyorlanadi. Shamchalar sovun-
glitserinli asosda, sharchalar esa jelatina-glitserinli asosda tayyorlanadi. Tayyorlangan shamchalar 
va sharchalar o’z qovushqoqligi jihatidan xona haroratida berilgan shaklini yo’qotmaydi, lekin 
tana haroratida (37
0
S) erish xususiyatiga egadir. Ular quyish usulida tayyorlanadi.
Jelatina-glitserinli asos. 
Ushbu asosning X DF da berilgan tarkibi quyidagichadir: jelatina 
— 1 qism, tozalangan suv — 2 qism, glitserin — 5 qism. Bu asos ko’pincha qin shamchalarini 
tayyorlashda ishlatiladi va quyidagicha tayyorlanadi: jelatinaning mayda bo’laklarini chinni 
kosachada kerakli miqdordagi suvda 3-4 soat davomida bo’ktiriladi. So’ngra glitserin qo’shib 
aralashtiriladi va bir xil ko’rinishga kelguncha suv hammomida isitiladi. Shamchalar tayyorlashda 
jelatin-glitserinli asos miqdori ham xuddi kakao moyi kabi topiladi. Faqat bu asosning zichligi 
1,15 g/sm
3
ekanligini hisobga olish kerak (kakao moyining zichligi-0,95 g/sm
3
edi). Demak, 
jelatin-glitserinli asosning zichligi kakao moyining zichligidan 1,21 marta ortiq ekan 
(1,15:0,95=1,21). Ana shu 1,21 soni suvda eriydigan asoslardan moyli asoslarga o’tish moduli deb 


ataladi. Moyli asoslardan suvda eriydigan asoslarga o’tish moduli esa 0,826 (0,95: 1,15=0,826) ga 
tengdir.
Rp.: Acidi borici 0,2
Massae gelatinosae q.s. ut fiat suppos. 
D.t.d. № 20 
S. Kuniga ikki mahal bitta shamchadan to’g’ri ichakka yuboriladi.
Pasport: Borat kislotasi 4,0
Jelatina 8,75
Tozalangan suv 17,5
Glitserin 43,75
Dorixatda shamcha og’irligi ko’rsatilmaganligi uchun qoidaga ko’ra 3 g li qilib tayyorlanishi 
kerak. Asos miqdorini hisoblash xuddi kakao moyi kabi bo’ladi. 3,0x20=60 g kakao moyi faraz 
qilinadi. 0,2x20=4 g dorixat bo’yicha borat kislotasi olinishi kerak. Borat kislotasi uchun 
1/K
o’
=625 bo’lgani uchun uning egallaydigan hajmi 4,0*0,625=2,5 kakao moyiga teng. 60,0-
2,5=57,5 g kakao moyi olinadi. Moyli asosdan jelatin-glitserinli asosga o’tish uchun o’tish 
modulidan foydalaniladi: 57,5x1,21=70 g yoki 57,5x0,826=70 g. Demak, 20 ta shamcha 
tayyorlash uchun 70 g jelatin-glitserinli asos kerak ekan. Asos tarkibiga kiruvchi moddalar 
nisbatini (1:2:5) hisobga olgan holda jelatinadan 8,75 g, suvdan 17,5 g va glitserindan 43,75 g 
olinadi.
Avval asos tayyorlab olinadi va issiqligida unga yaxshi maydalangan borat kislotasi vazelin 
moyi bilan aralshtiriladi. Massa bir oz sovigach, qoliplarga quyiladi va yuqoridagi kabi 
jihozlanadi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin