Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Surtmalarning tasniflanishi
Surtmalar tibbiyotda qo’llanishiga qarab tasniflanishi mumkin. Ammo surtmalarda 
foydalaniladigan surtma asoslarini hisobga olgan holda fizik-kimyoviy tuzilishi bo’yicha 
tasniflanish surtmalar to’g’risida aniqroq ma’lumot beradi. Surtmalar dorixati xilma-xildir. Bu bir 
tomondan surtma asoslarining ko’pligi, ikkinchi tomondan surtma tarkibiga kiruvchi dori 
moddalarning xilma-xilligi bilan tushuntiriladi.
Surtma yumshoq dori turi bo’lib, sirtga va shilliq qavatlarga ishlatish uchun mo’ljallangan 
dori turi.
Pastalar quyuq, qattiq surtmalar bo’lib, tеri haroratida eriydigan, himoya vazifasini bajaradi. 
Odatda pastalar 25% dan ko’p dori modda saqlaydi.
Krеmlar tiniq emas yoki quyuq suyuqlik, sirtga ishlatish uchun mo’ljallangan. Dori modda 
va suvli еki moyli fazaga kiritilgan bo’lib, asosan moy-suv, suv-moy tipdagi quyuq emulsiyalar 
ko’rinishida bo’ladi. 
Losonlar sirtga ishlatish uchun suyuq emulsiyalar yoki suspеnziyalar bo’lib, quyoshdan 
himoyalovchi vositalar tarkibiga kiradi.
Surtma(surtma, pasta, krеm, loson) turining tanlashda uning tеriga bo’lgan trandеrmal ta'siri 
va dori qo’llanilmoqchi bo’lgan tеri holatini hisobga olish zarur. Krеmlar suvli yaralarga 
qo’llanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki krеmlar dеgidratatsiya xususiyatiga ega bo’lib, tеri 
yuzasidagi suyuqlik asos bilan aralashib, tеri yuzasidan chiqariladi. Losonlar asosan tеrining 
o’zaro bir biri bilan tеgib turuvchi qismlariga qo’llaniladi (masalan: barmoqlar orasi, son orasi, 
qo’ltiq osti) chunki ular yumshatuvchi xossasi bor
5

Surtmalarning asos tipi bo’yicha tasniflanishi:
1. Gidrofob asosli surtmalar
2. Gidrofil asosli surtmalar
3. Emulsion (difil) — asosli surtmalar
a) suv/yog tipidagi emulsion asosli surtmalar
b) yog’/suv tipidagi emulsion asosli surtmalar
Dispers sistemalar bo’yicha surtmalarning tasniflanishi.
1. Gomogen surtmalar: a) qotishma tipidagi surtmalar, b) eritma tipidagi surtmalar, v) 
ekstraksion surtmalar.
2. Suspenzion surtmalar: a) ikki fazali sistemalar, b) uch va ko’p fazali sistemalar
3. Emulsion surtmalar: a) suv/yog tipidagi emulsion surtmalar, b) yog’/suv tipidagi emulsion 
surtmalar.
4. Aralash tipdagi surtmalar
Gomogen surtmalar guruhiga o’zaro eruvchan dorilarni asosda eritish bilan hosil bo’lgan 
yog’li surtmalar, surtma asosida erigan dorilardan hosil bo’lgan surtmalar va dorilarni surtma
asoslari tarkibiga ekstraksiya yo’li bilan kiritilgan surtma turlari kiradi. Surtmalarning bu 
guruhchasi dorilar va surtma asoslari o’rtasidagi oraliq fazasining yo’qligi bilan xarakterlanadi. 
Biroq bunday surtmalarni to’liq gomogen sistema deb qarash xato bo’ladi, chunki surtma 
asoslarning o’zi turli xil mikro-va ultramikrokristallik qo’shimchalardan iborat bo’lishi mumkin. 
Surtma suspenziyalar tarkibiga esa suv va yog’da erimaydigan dori moddalar kiradi. Rezorsin, 
pirogallol, rux sulfat, simob dixlorid, segnet tuzlari ham suspenziya yo’li bilan kiritiladi, bu 
moddalar suvda eriydi, ammo suvda eritib kiritilsa, teriga zararli ta’sir ko’rsatadi. Yana shunday 
moddalar suspenziya yo’li bilan kiritiladiki, ularning erishi uchun ko’p miqdorda suv talab qiladi; 
bo’larga natriy tetraborat, bor kislotasi kiradi. Suspenzion surtmalar tarkibida bitta va undan ortiq 
dori moddalar bo’lishi mumkin, lekin ularning har biri o’z oraliq faza chegarasiga egadir. Xuddi 
5
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx preparatov.-«GEOTAR-
Media».- Moskva.-2014. (107 bet)


mana shu xususiyatga asoslangan holda suspenzion surtmalar bir, ikki va ko’p fazali sistemalarga 
bo’linadi.
Emulsion surtmalar tarkibiga suv, spirt, glitserin va ular aralashmasida eruvchi dori 
moddalar kiritiladi. Bunday eritmalar moyli asos bilan aralashmasligi sababli hosil bo’lgan 
surtmalar emulsiya tipidagi surtmalar bo’lib, undagi dispers muhit moyli asos hisoblanadi.
Ko’pchilik emulsion surtmalar tarkibiga emulgatorlar kiritilganligi sababli, ular yetarli 
darajada yuqori dispers va turg’un bo’ladi. Lekin shunday surtmalar ham borki, ular dispers 
muhitning yuqori qovushqoqligi sababli turg’undir. Bunday surtmalarda dispers faza yirik 
tomchilardan iborat bo’ladi.
Aralash surtma dorilar har xil dispers sistemalardan tashqil topgan bo’ladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin