Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Surtma asoslarining tasnifi.
Surtma asoslariga qo’yilgan talab shubhasiz ma’lum darajada shu davlat farmatsiyasida 
to’plangan an’analarning ta’siridir. Masalan: AQSH da hamma asoslar 4 sinfga bo’lingan tasnifi 
hukmrondir (davlat farmakopeyasida). Uglevodorodli, absorbsion, suvda yuviluvchi va suvda 
eruvchi. Bu tasniflanish o’zida kimyoviy va fizik-kimyoviy belgilarni mujassamlashtiradi. Bizning 
amaliyotda surtma asoslarini quyidagi 3 guruhga bo’lish ko’p uchraydi:
1)Gidrofob, 2) Gidrofil, 3) Difil-emulsion.


Emulsion asosni biz alohida guruhga ajratamiz, chunki unga ham gidrofoblik, ham 
gidrofillik belgilari xos. Uning boshqa alohida xususiyatlari bundan mustasno.
Gidrofob, lipofil surtma asoslari
Gidrofob surtma asoslari guruhiga lipofil, uglevodorodli va silikonli asoslar kiradi.
Lipofil asoslarga lipidlar guruhidan biri bo’lgan yog’lar va mumlar kiradi. Ular xossalariga 
ko’ra terining yog’ ajratmalariga yakin turadi. Bu asoslar ushlab ko’rilganda yog’li dog’ qoldiradi. 
Yog’lar-yog kislotalarining triglitseridi hisoblanadi. Ko’pincha yumshoq yog’lardan — chuchqa 
yog’i va ayrim vodorod bilan to’yintirilgan yog’lar, qattiq yog’lardan — mol yog’i, suyuq 
yog’lardan — ayrim o’simlik moylari ishlatiladi. Hamma yog’lar suvda erimaydi, spirtda kam 
eriydi, efir va xloroformda oson eriydi. 
Chuchqa yog’i 
— Adeps suillus depuratus. Oq, yangi, achimagan bo’lishi kerak. 34-36
0

da suyuqlanadi. Kislota soni 2 dan ortiq bo’lmasligi kerak. Tarkibida 62-68% triolein 
(S
17
N
35
SOON) saqlaydi. Surtma uchun eng yaxshi asoslardan biri hisoblanadi. Chuchqa yog’i 
terini juda yaxshi qoplaydi, dori moddalarni yaxshi qabul qiladi, teri orqali yaxshi so’riladi, suv va 
sovun bilan yuvganda oson yuviladi.
Mol yog’i
. (Sebum Bovinum). Yangi, oq, achimagan bo’lishi kerak, suyuqlanish harorati 42-
50
0
S, tarkibida 53% tripalmitin va tristearin, 45% triolein saqlaydi. Suyuqlanish haroratining 
yuqoriligi va terini ko’plash xususiyatiga ko’ra surtma asosi sifatida cho’chqa yog’idan keyin 
turadi. Kerak bo’lganda surtmaga qattiqlik berish uchun cho’chqa yog’iga qo’shib ishlatiladi. Qo’y 
yog’i xossasi bo’yicha mol yog’iga o’xshaydi, suyuqlanish harorati 44-51
0
S.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin