Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Uglevod asoslari. 
Bu guruh moddalariga quyidagilar kiradi: vazelin, petrolatum, parafin, 
serezin, vazelin moyi, sun’iy vazelin va naftalan nefti. 
Vazelin (Vaselinum).
Uglerod atomlar soni 
7-35 bo’lgan suyuq, yarim suyuq va qattiq uglevodorodlar aralashmasidan iborat. 20-50% 
mikrokristalli izoparafinlar, siklik parafinlar va alifatik birikmalardan, 10% parafinlardan tashkil 
topgan. Vazelinning qattiq tarkibiy elementlari chigallashib uch o’lchamli tur hosil qiladi. 
Bu tur uglevodorodlarning suyuq fraksiyasini ushlab turadi. 
Oq vazelin 
oq tiniq yumshoq massa, erish temperaturasi 37°S teng. Uning alohida o’ziga 
xos tomoni uning kuchli qovushqoq xususiyatga egaligi. Oyna plastinkasiga surtilganda tekis, 
oqmaydigan va tekis plenka hosil qiladi. Bir xil aralashgan massa hosil bo’lishi uchun, qismlarga 
bo’lib aralashtirish talab etiladi. 
6
Vazelin tashqi ko’rinishi gelga o’xshash hidsiz, oq (Vaselinum album) yoki sariq 
(Vaselinum flavum) rangli massa. 37-50
0
S da suyuqlanadi. Oq va sariq vazelin davolash va 
farmatsevtik nuqtai nazaridan bir xil qimmatga ega. Oq vazelin bo’yovchi moddalardan ko’proq 
tozalangan. Vazelin suvda erimaydi. Spirtda kam eriydi, efir va xloroformda eriydi va har qanday 
nisbatlarda yog’ (kanakunjut moyidan tashkari), moy va mumlar bilan aralashadi. Vazelin qanday 
neftdan olinganiga qarab har xil suyuqlanish haroratiga ega va struktura-reologik xossasi bo’yicha 
farq qiladi. Surtma asosi sifatida iloji boricha suyuqlanish harorati past bo’lgan vazelinni ishlatgan 
ma’qul. Vazelin ko’zga ishlatiladigan surtmalar tayyorlashda keng qo’llaniladi. Agar dorixatda 
asos nomi ko’rsatilmagan bo’lsa, vazelin ishlatiladi. Oddiy vazelindan tashqari o’ta suyuq 
surtmalarga qattiqlik berish uchun vazelinning boshqa turi bo’lgan petrolatum ishlatiladi. U qattiq 
konsistensiyaga ega. Suyuqlanish harorati 60
0
S dan yuqori.
Qattiq parafin
(Paraffinum solidum). Ushlab ko’rganda moysimon, oq kristalli massa, 
yuqorimolekulyar to’yingan uglevodorodlardan tashqil topgan, 50-57
0
S da suyuqlanadi. Suv va 
spirtda erimaydi. Efir, xloroform, yog’ va efir moylarida oson eriydi. Asoslarning konsistensiyasi 
6
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx preparatov.-«GEOTAR-
Media».- Moskva.-2014. (760 bet)


va erish haroratini oshirish uchun qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Issiq mamlakatlarda suzadigan 
kema va flot dorixonalarida, subtropik dorixonalarda yilning issiq paytida oddiy asosga 10% 
parafin yoki mum qo’shiladi. 
Serezin
(Ceresinum) rafinirlangan ozokerit bo’lib, amorf, rangsiz, sinuvchan massa. 68-
72
0
S da suyuqlanadi. Yuqori molekulyar uglevodorodlar yoki bi-va tritsiklik naftenlardan tashqil 
topgan. Surtma asoslariga parafindan ko’ra yaxshiroq qattiqlik beradi. Kristallanmaydigan 
qotishma hosil qiladi. Ba’zan surtma asoslari tarkibiga smolasizlantirilgan ozokerit kiradi. U 
mumga o’xshash sarg’ish rangga ega. Buni muzlatish yo’li bilan ajratib olish mumkin. Bu 
aralashma tozalangandan so’ng serezinga o’xshash xossaga ega bo’ladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin