O’rin olish koeffitsiyenti 1 g kakao moyi egallagan hajmga qancha miqdor modda sig’ishini
ko’rsatuvchi ko’rsatkichdir.
Teskari o’rin olish koeffitsiyenti esa, 1 g dori modda egallagan
hajmga qancha miqdor kakao moyi to’g’ri kelishini ko’rsatadi. Kerakli asos miqdorini hisoblab
topishda teskari o’rin olish koeffitsiyentidan foydalanish ancha osonroqdir. Amaliyotda keng
qo’llanilayotgan dori moddalar uchun K
u
va 1/K
u
tajriba yo’li bilan hisoblab topilgan va maxsus
jadvallarda keltirilgan. Masalan, kseroform uchun 1/K
u
= 0,21. Bu degani 1g kseroform egallagan
hajmiga 0,21 kakao moyi to’g’ri keladi. Agar shamcha tarkibidagi dori modda miqdori umumiy
og’irlikning 5% idan kam bo’lsa, u holda K
u
va 1/K
u
dan foydalanilmasa ham bo’ladi.
SHARCHALARNI QUYISH. Rp.: Dermatoli
Ichthyoli 3,0.
Ol.cacao q.s
Ut.fiat suppos N 20.
D.S. kuniga 1 shamchadan
Agar shamchani og’irligi ko’rsatilmagan bo’lsa, hajmi 3 g kakao moyiga teng bo’lgan
qolipni tayyorlash kerak. Bunda 54,0 kakao moyidan olib 3,0 ixtiol va 3,0 dermatolni aralashtirib
massa hosil qilib qoliplarga quyish — umumiy og’irlik 60,0 bo’lishiga qaramay, to’g’ri bo’lmaydi,
chunki ixtiol bilan dermatolga nisbatan kakao moyining o’rin olish koeffitsyenti hisobga olinishi
kerak va unga nisbatan 3,0 ixtiol va 3,0 dermatol qanday hajmdagi kakao moyining o’rnini
egallashi mumkinligi hisoblab chiqarilib, so’ng moyni gramm miqdori hisoblanishi kerak.
Bunday vaqtda kakao moyidan 60,0 — (1,15 * 2,73) = 56,12 gramm olish kerak.
Pasporti: Dermatoldan 3,0
Ixtioldan 3,0
Kakao moyidan 56,12
Shamchalarni tayyorlash uchun metall cho’michga yoki chinni kosachaga kerakli
miqdordagi kakao moyini solib, ehtiyotkorlik bilan suv hammomida eritiladi va unga yaxshilab
maydalangan dermatol solib, suspenziya tayyorlanadi, so’ng ixtiol qo’shib yaxshlab aralashtiriladi.
Hosil bo’lgan massani qoliplarga quyib, sovitgichga shamchalar to’liq qotguncha quyiladi. Tayyor
shamchalar yuqorida aytib o’tilgan tartibda jihozlanadi.