Qotishma shaklidagi surtma dorilarni tayyorlash Qotishma tipidagi asosni tayyorlashda avval eng qiyin eriydigan asos eritiladi, kеyin esa
qolganlarini. Bu barcha asoslarni to’liq erishini, surtmani bir xilligini ta'minlaydi.
12
Oling: Mum - 5,0
Spermatset – 10,0
Shaftoli moyi 35,0
Aralashtiring.Bering.Belgilang.
Pasporti: Mum – 5,0
Spermatset – 10,0
Shaftoli moyi – 35,0
Umumiy og’irligi -50,0
Dorixatni tayyorlash uchun erish temperaturasi yuqori bo’lgan mum (63-65
0
S) suv
hammomida eritilib, ustiga spermatset qo’shiladi (45-54
0
S). Aralashma havonchaga olinib,
shaftoli moyi bilan aralashtiriladi toki aralashma sovuguncha.Tayyor surtma doriga kerakli yorliq
yopishtirib bemorga berish uchun tayyorlanadi.
Surtma dorini bemorga berishdan oldin uni rangi, hidi, og’irligi, retseptdagi dorivor
moddalarga mos kelishi, mexanik iflosliklar bo’lmasligi kerak.
Oling: Shaftoli moyi 3,0
Parafin
Vazelin teng miqdorda 5,0
Aralashtiring.Bering. Belgilang.
Pasporti: Shaftoli moyi 3,0
Parafin 5,0
Vazelin 5,0
Umumiy og’irligi 13,0
Texnologiyasi: Dorixatni tayyorlash uchun erish harorati yuqori bo’lgan parafin (50-54
0
S)
suv hammomida eritilib, ustiga vazelin qo’shiladi, aralashma havonchaga olinib, shaftoli moyi
bilan toki aralashma sovuguncha aralashtiriladi. Tayyor surtma doriga kerakli yorliq yopishtirib
bemorga berish uchun tayyorlanadi.
Eritma tipidagi surtmalar Eritma tipidagi surtmalar deb, ular tarkibiga kiradigan moddalarning asoslarda erishi yoki
bir–birini eritishi natijasida qotishma massa hosil qilishiga aytiladi. Bular yuqorida bayon etilgan
umumiy qoidaga asosan tayyorlanadi.
Ta’sir qiluvchi dori moddasi yupqa poroshok holiga keltirilib issiq (40-50
0
S) surtma asosida
eritilib, surtma to soviguncha aralashtirilib turiladi. Bu guruhga kamforaning (Unguentm
Camphoratum) 20% li surtmasi kiradi. Kamfora moddasi vazelin va lanolin (2q1) aralashmasida
eritiladi.
Tеrmalabil moddalar (xuybo’ylashtiruvchi moddalar, oson eriydigan, yuqori tеmpеraturada
parchalanib kеtadigan) yarim sovigan asosga kiritiladi. Yarim sovigan asos qovushqoq massa
12
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx preparatov.-«GEOTAR-
Media».- Moskva.-2014. (511 bet)
bo’lib dori moddalarni parchalanib kеtishini, bo’linib kеtishini oldini oladi. Spirtda erigan dori
moddalarni kiritishda alohida e'tibor asosning tеmpеraturasiga qaratiladi.
13
Rp.: Camphorae pulveratae 2,0
Vaselini 6,0
Lanolini anhydrici 2,0
M.f. unguentum
D.S. Kamfora surtmasi
Pasporti: Kamfora poroshogi 2,0 g
Vazelin 6,0 g
Suvsiz lanolin 2,0 g
Umumiy og’irligi 10,0