Emulsion asosdagi surtmalar Emulsion asosdagi surtmalar yirik farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida ishlab
chiqariladi, chunki ularni ishlab chiqarish bir vaqtda emulgatorni tayyorlab olish bilan ham
bog’liqdir. Dorixonada tayyor asos yoki emulgator bo’lganida emulsion asosdagi surtmalarni
tayyorlash qulay bo’ladi. Emulgator sifatida ko’pincha T-2 emulgatori qo’llaniladi, uning
yordamida quyidagi konsistent emulsiya olinadi: vazelin 60 qism, emulgator 10 qism, suv 30 qism
(E.N.Kutumova buyicha). Vazelin va emulgator T
2
bug’latish qozonida qizdiriladi, so’ngra
korpusga bo’lib-bo’lib 90-95
0
C gacha qizdirilgan suv quyiladi, 15 minut aralashtiriladi. Korpusda
eriydigan dorivor modda bilan surtma tayyorlashda (masalan, skipidar) uni oldin korpusda eritib
olinadi va so’ngra suv qo’shib aralashtiriladi. Xuddi shu surtmani kaliy yodid bilan tayyorlashda
uni oxirida suvli fazada eritiladi. Suspenzion surtmalarni tayyorlashda erimaydigan modda vazelin
moyi bilan disperslanadi yoki 45
0
S dan yuqori qizdirilmagan asos bilan eziladi. Qaysi usulni
tanlash qattiq faza miqdoriga bog’liq.
Ma’ruza 6 MAVZU 6. Kombinirlangan surtmalar. Dori moddalarning xususiyatlaridan kelib chiqib mo‘tadil texnologiya ishlab chiqish qoidalari. Surtmalar sifatini baholash. Ma’ruza maqsadi: Kombinirlangan surtmalar. Dori moddalarning xususiyatlaridan kelib
chiqib mo‘tadil texnologiya ishlab chiqish qoidalari. Surtmalar sifatini baholashga oid nazariy
ma’lumotlarni berish.
Tayanch atama va iboralar: Unguentum-surtma
Kombinirlangan- surtma tarkibida dori modda suspension hamda emulsion holda bo’lishi
Dispergirlash-maydalash
Emulgirlash- emulgator va moyni bir xil aralashishini ta’minlash
Reja: 1. Kombinirlangan tipdagi surtmalar tayyorlashda ishlatiladigan asoslar.
2. Kombinirlangan tipdagi surtmalarni tayyorlash texnologiyasi asoslariga qo`yilgan
talablar.
3. Kombinirlangan tipdagi surtmalarning umumiy tayyorlash texnologiyasi.
4. Kombinirlangan tipdagi surtmalar texnologiyasining o`ziga xosligi.