Fizik-kimyoviy xususiyatiga ko’ra linimentlar turli xil bo’lib, o’zida eritma, emulsiya,
suspenziya va aralash dispers sistemalarni mujassamlashtiradi.
Linimentlar qadimdan ishlatilib kelinayotgan dori shakli hisoblanib, tarkibining turli-
tumanligi bilan ajralib turadi. Bu dori turi uchun XI DF da «linimentlar» deb ataluvchi umumiy
maqola keltirilgan.
X DF ko’rsatmasiga binoan linimentlar tarkibiga dorivor moddalar, ularning fizik-kimyoviy
xossalariga qarab kiritiladi. Suvda eriydigan moddalarni suvda, moyda eriydigan moddalarni
moyda va suvda ham moyda ham erimaydigan moddalarni suspenziya ko’rinishida liniment
tarkibiga kiritish kerak. Shunga ko’ra linimentlar eritma, emulsiya, suspenziya va aralash tipda
uchrashi mumkin.
Linimentlarni tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat: asosni tortib olish va eritish, dorivor
moddani tortish va maydalash, aralashtirish, idishga joylash, kerakli yorliq yopishtirish, kasalga
berish uchun tayyorlash. Linimentlarni bemorga berishda «Sirtga» degan yorliq, shuningdek
quyidagi ehtiyot yozuvlari (etiketkalari) bo’lishi lozim: «Salqin joyda saqlansin!», «Ishlatishdan
oldin chayqatilsin!», «Yorug’lik tushmaydigan joyda saqlansin!» va boshqalar.
Linimentlar uzoq muddat ishlatilishi uchun tayyorlanib, ularga «Qo’llashdan oldin
chayqatilsin», «Salqin joyda saqlansin!» kabi qo’shimcha yorliqlar yopishtirilishi kerak.
Linimentlar ogzi zich berkitilgan, shisha idishlarga jihozlanib tayyorlanishi kerak.
Moyli linimentlar — Olimenta
Dostları ilə paylaş: