Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Moy suvli emulsion surtmalar
Bu guruhdagi surtmalar, yuqorida bayon etilganidek, tipik sovituvchi surtmalarga kiradi, 
bularda emulgator vazifasini surtma tayyorlash jarayonida hosil bo’ladigan sovun bajaradi.
Rp.: Stearini 10,0
Kalii carbonatis 1,0
Natrii tetraboratis 0,5
Ol.Vaselini 15,0
Aq. purificatae 70,0
M.f.unq.
DS.
Kaliy karbonat va bura suvda eritiladi. Stearin (asosan stearin kislota va olein, palmitin 
kislota aralashmalaridan tashqil topgan) vazelin moyida eritiladi. Ishqorning natriy tetraboratli 
issiq suvli eritmasiga 70-80
0
C da (suv hammomida) ehtiyotlik bilan stearinning moy bilan 
aralashmasi quyiladi. Bunda stearin va boshqa kislotalarning kaliyli tuzi hosil bo’ladi, shu bilan bir 
vaqtda massaning quyuqlanishi ro’y beradi. Gomogenizatsiyadan so’ng havonchada ishqoriy 
reaksiyadagi surtma olinadi. Teriga surtilganda u muguz qavatga oson shimiladi. Suvli fazani 
bug’lanishdan va shimilganidan so’ng terida yupqa plenka (sovun-moyli) qoladi, u organik
erituvchilarni, smola, lakni o’tkazmaydi, bu esa uning himoyalovchi surtma sifatida ishlatilishiga 
asos bo’ladi. Trietanolaminni emulgator sifatida qo’llash yanada yaxshirokdir. Trietanolamin 
siropga o’xshash och-sariq suyuqlik bo’lib, suv, spirt, glitserin va boshqa ko’pgina organiq 
erituvchilar bilan yaxshi aralashadi. Yog’ kislotalari bilan trietanolamin dermatologik surtmalar 
tarkibiga kiruvchi sovun hosil qiladi. U dorivor moddalarning singishini tezlashtiradi. 


Trietanolamin bilan tayyorlangan surtma-emulsiyalar teriga qitiqlovchi ta’sir ko’rsatmaydi. 
Shuning uchun kosmetikada keng qo’llaniladi.
Rp.: Triaethanolamini 4.0
Stearini 24.0
Ol. Helianthi 12,0
Aq. purificatae 50.0
M.f. ung.
D.S.
Tayyorlash texnologiyasi xuddi avvalgi dorixatdagidek.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin