Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Suv-moy holatidagi surtmalar. 
Bu emulsion surtmalarning asosiy guruhini tashqil qiladi. 
Dorixona sharoitida emulgator sifatida ko’pincha lanolin qo’llaniladi, shuning uchun u doim 
asosga ma’lum miqdorda kiritiladi. Emulgatorlik xossasini kamroq nisbatda spermatset va mum 
ham namoyon qiladi.
Emulsion surtmalar ham havonchada tayyorlanadi. Emulgator (lanolinga) dori moddasining 
suvli eritmasini toki shimilgunga qadar oz-ozdan aralashtirib, so’ngra qolgan asos qo’shiladi.
Yog’li trituratsion surtmalarga nisbatan emulsion surtmalar teriga tezroq shimiladi va suvli 
fazadagi dori modda ham tez ta’sir qiladi. Tarkibida suv saqlagan surtmalar teri qavatini 
yumshatadi va dori moddasini saqlash xususiyatiga ega.
Emulsion surtmalar retsepturasi turli-tumandir:
17
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx preparatov.-«GEOTAR-
Media».- Moskva.-2014. (511 bet)


IX DF bo’yicha kaliy yodid surtmasi ofitsinaldir (Unquentum Kalii Jodidum).
Rp.:Kalii Iodidi 50,0
Natrii thiosulfatis 1,0
Aquae purificatae 44,0
Lanolini anhydrici135
Basis Emulsiones 270,0
M.f.ung.
D.S. Buqoqqa qarshi surtma.
Tayyorlash jarayoni quyidagicha
: 44 ml suvda 50 g kaliy yodid va 1 g natriy tiosulfat 
havonchada eritiladi. Eritmaga 135 g suvsiz lanolin qo’shib, to suv to’liq shimguncha 
aralashtiriladi, so’ngra unga 270 g cho’chqa yog’i yoki emulsiyali asos qo’shib aralashtiriladi. 
Surtma tarkibiga natriy tiosulfatni qo’shishdan maqsad, saqlash jarayonida erkin holda ajralishi 
mumkin bo’lgan yodni bog’lashdir. Cho’chqa yog’idan surtmalar ex tempore tayyorlanadi. 
Buqoqda limfatik tugunlar shishganda ishlatiladi. Magistral dorixatlarga misol keltiramiz:
Rp.:Argenti nitratis 0,1
Vinylini
Lanolini anhydrici aa 1,0
Vaselini 8,0
M.f. ung.
D.S. Antiseptik surtma
Bu shakli o’zgargan Mikulich surtmasi (peruan balzami o’rniga, vinilin — Shostakovskiy 
balzami ko’rsatilgan). Kumush nitratni bir necha tomchi tozalangan suvda eritib lanolin bilan 
aralashtiriladi, so’ngra qisman vazelin qo’shiladi. Shundan keyin qolgan vazelin bilan 
Shostakovskiy balzami (ya’ni vinilin) aralashmasi aralashtiriladi. Peruan balzamidan farqli 
o’laroq, bu vazelinda eriydi, shuning uchun kumush nitratning qaytarilishi Mikulich 
surtmasidagiga nisbatan tezroq ketadi.
Rp.: Aethacridini lactatis 0,05
Lanolini anhydrici
Vaselini
Aq.purificatae aa 10,0
M.f. ung. 
D.S.Antiseptik surtma.
Tozalangan suvda etakridin laktat eritilib (yarim kolloid eritma) avval lanolin bilan, so’ngra 
vazelin qo’shib aralashtiriladi.
Kolloid eritmalar ham dispers fazaga kiritilishi mumkin, masalan: kollargol:
Rp.: Collargoli 1,5
Aq. purificatae 0,5
Cerae flavae 1,0
Adipis suilli 9,0
M.f. ung.
D.S. YAraga surtish uchun va piodermiyada
Kollargol surtmalarga gidrogel holida qo’shiladi. Buning uchun kollargolni suv bilan 
ishqalab, so’ngra sovutilgan mum va cho’chqa yog’i qotishmasi bilan aralashtiriladi.
Surtmalar tarkibiga quyuq ekstraktlar ham eritma holida qo’shiladi. Ular avval teng 
miqdordagi spirt-suv-glitserinli (1:6:3 nisbatda) aralashmada eritiladi, so’ngra surtma aralashmasi 
tarkibiga kiritiladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin