Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Fiziologik va qon o’rnini bosuvchi eritmalar



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə287/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Fiziologik va qon o’rnini bosuvchi eritmalar
Organizmda qon yo’qolishi, kamayishi, karaxtlik, suv-elektrolit balansining o’zgarishi yoki 
kislotali-ishqoriy holatining o’zgarishi kabi patologik holatlarda, qon tomirlariga ko’p miqdorda 
shu holatlarni normallashtirishga yordam beradigan eritmalar yuborilishi zarur. Bunday, ya’ni ko’p 
miqdorda va qon tomiriga to’gridan-to’gri yuboriladigan eritmalar umumiy nom bilan infuzion 
eritmalar deyiladi.
Fiziologik va qon o’rnini bosuvchi eritmalar in’yeksion eritmalar guruhining eng murakkabi 
hisoblanadi. Fiziologik eritma deb shunday eritmalarga aytiladiki, ular o’zining tarkibidagi erigan 
moddalar bilan hujayralar hayot faoliyatini saqlab turadi va organizmdagi fiziologik holatni 
sezilarli darajada o’zgartirmaydi, xossalari bo’yicha odam qoni zardobiga eng yakin turadigan qon 
o’rnini bosuvchi eritmalar deyiladi. Fiziologik va qon o’rnini bosuvchi eritmalar eng avvalo 
izotonik bo’lishi kerak. Ammo faqat bitta shartning o’zi yetarli emas. Bundan tashqari ular 
izoionik bo’lishi zarur, ya’ni tarkibida kaliy, natriy, kalsiy va magniy ionlarining miqdori qon 
zardobi tarkibidagi miqdorga teng yoki yakin bo’lishi kerak. Fiziologik eritmalar va qon o’rnini 
bosuvchi eritmalar izotonik va izoionik bo’lishdan tashqari, izogidrik talablariga ham javob berishi 
shart, ya’ni eritmalar pH ini qon zardobi pH iga teng bo’lishi kerak, qonni pH-7,36. Bu yerda shu 
narsa ahamiyatliki, ular vodorod ionlari konsentratsiyasini bir xilda saqlash qobiliyatiga ega 
bo’lishlari darkor. Qonda darajasining doimiyligi buferlar, ya’ni karbonat sistemasi (gidrokarbonat 
va CO
2
), fosfat sistemasi (birlamchi va ikkilamchi fosfat) va tabiati jihatidan amfoter bo’lgan va 
shuning uchun H
q
va OH

ushlab qola oladigan oqsillar sistemasi ishtirokida saqlanadi. Buferlar 
borligi uchun qon reaksiyasini o’zgartirish qiyin, ular o’ziga reaksiyani o’zgartirish mumkin 
bo’lgan hamma ta’sirlarni qabul qiladi va bu ta’sirlarni kamaytiradi. Qonga mos ravishda qon 
o’rnini bosuvchi va fiziologik eritmalarga muhit pH ini saqlovchi regulyatorlar kiritiladi va buning 
natijasida ular izogidrik bo’ladi. Fiziologik va qon o’rnini bosuvchi eritmalar qon kabi hujayralar 
hayot faoliyatini ta’minlash va kerakli oksidlanish-qaytarilish potensialini hosil qilish uchun 
odatda glyukoza saqlaydi.
Eritmalarni fizikaviy va kimyoviy xossalari bo’yicha qon zardobiga yakinlashtirish uchun 
ularga ba’zi bir yuqori molekulali birikmalar (YUMB) qo’shiladi. YUMB natriy xlorid eritmasini 
qovushqoqligini qon qovushqoqligi bilan bir qilish uchun qo’shiladi. Yuqorida sanab 
o’tilganlardan tashqari, qon o’rnini bosuvchi suyuqliklar pirogenlik, antigenlik va toksik 
xossalarga ega bo’lmasligi kerak, shuningdek ular qonning ivuvchanligini pasaytirmasligi va 
eritrotsitlar agglyutinatsiyasi paydo qilmasligi kerak.
1941—45-urush yillarida olimlar tomonidan qon o’rnini bosuvchi eritmalar sifatida keng 
qo’llaniladigan, yangi, original izotonik eritmalar ishlab chiqilgan edi (16-jadval). Uglevod 
YUMB lardan qon o’rnini bosuvchi eritmalar tayyorlashda dekstrin keng qo’llaniladi. Dekstrin 
glyukoza polimeri bo’lib, (C
6
H
10
O
5
) qand lavlagisidan mikrobiologik sintez orqali olinadi. 
Kraxmaldan molekulyar zanjirining uzunligi va glyukoza molekulalarining bog’lanishi tartibi 
bilan farq qiladi. (glyukozid boglari 1:6 holatida). Dekstrindan qon o’rnini bosuvchi 2 ta eritma 
tayyorlanadi — poliglyukin va repoliglyukin:


— molekulyar massasi 60 000±10 000 bo’lgan dekstrinning natriy xlordagi izotonik 
eritmasi, gemodinamik ta’sirli preparat.
– molekulyar massasi 35 000±5 000 bo’lgan dekstrinning natriy xlordagi eritmasi. 
Reopoliglyukin — pastmolekulyar dekstrin eritmasi. U qon shakli elementlarining agregatsiyasini 
kamaytiradi va giperosmotik eritma bo’lganligi uchun suyuqliklarni to’kimalardan qon oqimiga 
o’tishiga yordam beradi. Qimmatli qon almashtiruvchi eritmalarga yana oksilli gidrolizatlar ham 
kiradi. Gidrolizatlar guruhi preparatlaridan biri gidrolizin L-103 preparatidir.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin