Kofein benzoat natriy 1,5
Aralashtiring. Bering. Belgilang.
Tayyorlangan mikstura uzoq turib qolsa, benzoy kislotasi ajralib chiqishi natijasida
loyqalanadi. Cho’kma hosil bo’lmasligi uchun shifokor bilan kelishib, 1,5 g kofein benzoat natriy
o’rniga 0,57 g toza kofein olish yoki askorbin kislotasini alohida dozalarga bo’lib berish mumkin.
Oling: Kalsiy xlorid eritmasi 4% — 200 ml
Kodein fosfat — 0,15
A. B. B.
Mikstura umumiy qoida bo’yicha tayyorlansa, cho’kma hosil bo’ladi. Shuning uchun kodein
fosfat o’rniga kerakli miqdorda toza kodein olish yoki ikki moddaning eritmalarini alohida-alohida
tayyorlab, so’ngra bir-biriga qo’shib berish mumkin.
Oling:Valeriana nastoykasi 10,0
Marvaridgul nastoykasi 10,0
Kaliy bromid 2,0
A. B. B.
Miksturada kaliy bromid cho’kmaga tushmasligi uchun aralashmaga 15-20 tomchi suv
qo’shish kifoya.
Oling: Mentol 0,1
Glitserin 10,0
A. B. B.
Mentol glitserinda yomon eriydi (1:500). Shuning uchun mentolni 0,25 ml spirtda eritib
olib, so’ngra glitserin qo’shiladi.
Dostları ilə paylaş: