Antibiotiklar bilan poroshoklar tayyorlash Kukunlar tayyorlashdagi umumiy qoidalarga muvofiq tayyorlanadi. Antibiotik saqlovchi
kukunlar asosan jarohatlarga sepishga, yoki tana bo’shliklariga purkash uchun ishlatiladi.
Rp:Benzylpenicillini natrii 250000 TB.
Streptomycini sulfatis 250000 TB.
Ephedrini hydrochloridi 0,2
Streptocidi
Sulfadimezini 2,0
M. D. S. Grippda ogiz va burun bo’shlig’iga har 2 soatda purkash uchun.
150° haroratda 1 soat davomida qizdirib sterillangan sulfanilamid va efedrin gidroxlorid
aralashmasiga antibiotik qo’shib aralashtiriladi. Elaki dori idishga joylab, jihozlab beriladi.
Oling:Levomitsetin 0,25
Eritromitsin 0,2
Norsulfazol
Streptotsiddan teng miqdorda 2,5
Dimedrol
Efedrin gidroxloriddan teng miqdorda 0,05 dan
Aralashtiring. Bering. Belgilang. Burunga kuniga 3 marta purkalsin.
Pasport: Levomitsetin 0,25
Eritromitsin 0,2
Norsulfazol 2,5
Streptotsid 2,5
Dimedrol 0,05 g
Efedrin gidroxlorid 0,05
Umumiy og’irligi 5,55 g
Aseptik sharoitda sterillangan havonchada 2,5 g streptotsid va 2,5 g norsulfazolni yaxshilab
maydalanadi, keyin aralashmani kapsulaga olib qo’yiladi. Havonchaga 0,05 efedrin gidroxlorid va
0,05 g dimedrol, ustiga 0,2 g eritromitsin va 0,25 g levomitsetin solib maydalanadi va kapsuladagi
norsulfazol bilan streptotsidni qo’shib aralashtiriladi. Tayyor aralashmani og’zi keng bankachaga
solib qopqog’i berkitiladi, so’ngra “Salqin joyda saqlansin”, “Sirtga qo’llash uchun” yorligi
yopishtiriladi.
Antibiotiklar poroshok shaklida ko’pincha sulfanilamid preparatlari va boshqa moddalar
bilan birga beriladi.
Antibiotiklar bilan poroshoklar aseptik sharoitda poroshoklarni umumiy tayyorlash
texnologiyasiga asoslangan holda tayyorlanadi.
Rp: Sulfadimezini
Streptocidi
Synthomycini ana 1,0
Ephedrini hydrochloridi 0,1
Misce. Da. Signa. hidlash uchun poroshok.
Aseptik sharoitda steril havonchada 1 g streptotsid 10 tomchi etil spirti yordamida
maydalanadi. Ustiga sulfadimezin solib yana maydalash davom ettiriladi. Havonchada
aralashmadan taxminan 0,1 g qoldirilib, qolgan qismi kapsulaga olib quyiladi. So’ngra havonchaga
0,1 g efedrin gidroxlorid solib yaxshilab maydalanadi va kapsulaga olib quyilgan kukundan oz-
ozdan qo’shib bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Aralashma quritgich shkafida 150°C
haroratda 1 soat davomida sterillanadi. So’ngra poroshok tayyorlash qoidasiga ko’ra 1 g
sintomitsin qo’shiladi. Poroshok sterillangan shisha idishga solinib, og’zi buraladigan qopqoq
bilan yopiladi va tegishli yorliq yopishtiriladi. Xona harorati 10°C dan yuqori bo’lmagan quruq
joyda saqlanadi.