Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Uslubiy ta’minot va mashg‘ulot jihozlanishi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə337/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Uslubiy ta’minot va mashg‘ulot jihozlanishi:
Dori moddalari, asos, havoncha, havoncha 
dastasi, og’zi keng shish idishlar, “Sirtga”, “Salqin joyda saqlansin” degan yorliqlar, DF X; XI; 
ma’ruza, darslik, prezentatsiyalar, ma’lumotnomalar, adabiyotlar, tarqatma materiallar.
** 
Mustaqil 
tayyorlash 
uchun 
savollarning 
muhokamasini 
zamonaviy 
pedagogik 
texnologiyalarning “
Loyiha” usulidan
foydalanib o‘tkaziladi. 
Asosiy matn
Kombinirlangan tipdagi surtmalar.
Dori vositasining terapevtik ta’siriga tayyorlash texnologik jarayoni jiddiy ta’sir 
ko’rsatib, bunda dori moddasining eruvchanligi, kristall holati o’zgarishiga olib keladi. 
Dorixona retseptura sharoitida murakkab tarkibli surtmalar uchrab turib, tarkibda dori 
moddasi asosda erish xususiyatiga ega bo’lib, erituvchida esa erimaslik yoki aks holatlar 
uchrab turadi. Bunday surtma dorilarni tayyorlashda suspenzion - emulsion aralash turdagi 
surtma dorilarni tayyorlash tavsiya etiladi. Aralash turdagi surtma dori turi bu ko’p fazali 
surtma bo’lib, uning tarkibida bir vaqtda dori moddalar erigan holda, suspenziya hamda 
emulsiya holida bo’lishi mumkin. Aralash turdagi surtma dorilarni tayyorlashda qattiq fazani 
asosga kiritish bilan amalga oshirilib emulsiya surtmasi tayyorlash bilan davom ettiriladi. 
Bunda birinchidan qattiq fazani moysimon surtma asosiga aralashtirilib, keyin emulsiyalash 
fazasida tarqaladi. Bundan tashqari qattiq faza gidrofil xossaga ega bo’lsa, oldin suvli 
suyuqlikda ho’llash bilan texnologik jarayonini qulaylashtirish mumkin. Bunda suvli 
suspenziyani surtma asosiga aralashtirib quyidagi sistemani, yani suvli emulsiya, yogli 
suspenziya holatida amalga oshirish mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aralash turdagi surtma dorilarni tayyorlash surtma 
tarkibiga kiruvchi dori moddasining fizik- kimyoviy xossalari hisobga olingan holda 
suspenzion hamda emulsion turdagi surtma dorilarni tayyorlash qoidalaridan foydalaniladi va 
quyidagi texnologik jarayonlar bajariladi:


1. asosni tayyorlash;
2. suvli faza -dori moddalarning suvli eritmasini tayyorlash;
3. emulsiyalash;
4. qattiq dori moddalarini kiritish;
5. gomogenlashtirish;
Surtmalar magistral dorixati murakkab tarkiblardan tuzilgan bo’lib, ularda dori moddalar 
asosda eritilib, kukunsimon holda va dori moddalarning suvli eritmalari holida aralashib kelishi 
mumkin. Bunday murakkab tizimli tarkibni tayyorlash oddiy tizimdagi surtmalar texnologiyasi 
prinsipida olib boriladi.
Rp.: Ung. Acidi borici 3% -25,0
Liq. Burovi 5,0
M.f.ung.
D.S. Zamburug’li teri kasalliklarida
Yozilgan surtma suspenziya-emulsiya tipiga kiradi. 0,75 g borat kislota 0,5 g vazelin moyi 
bilan disperslanadi, shundan so’ng vazelin bilan eziladi. Tayyor surtmaga oz-ozdan Burov 
suyuqligi qo’shib aralashtiriladi, bunda dag’al emulsiya hosil bo’ladi. Shu sababli surtilganda 
antiseptik va sovituvchi ta’siri tezroq ro’yobga chiqadi.
Rp.: Mentholi
Cocaini hydrochloridi aa 0,1
Sol.Adrenalini hydrochloridi 1:1000 gtt XX
Zinci oxydi 0,5
Lanolini
Vaselini aa 10,0
Ol.Vaselini 5,0
M.f.ung.
D.S.
Mentol yog’da eriydi, uni surtmaga eritma tipida kiritiladi. Kokain va adrenalin gidroxlorid 
suvda eriydi: ularni emulsion surtma tayyorlash qoidasi bo’yicha kiritiladi. Rux oksid suvda ham, 
yog’da ham erimaydi, uni trituratsion surtmalar tayyorlash qoidasi bo’yicha qo’shiladi. Mentolni 
suyuq parafinda chinni kosachada sekin qizdirib eritiladi. Rux oksidini mayda kukun qilib bir 
necha tomchi mentolli eritma tomizilib eziladi va oldindan tayyorlangan surtma asosi aralashmasi 
(vazelin va lanolin aralashmasi) qo’shiladi. Oxirida suyuq parafindagi mentol eritmasini 
aralashtiriladi. Havonchaning dastasi bilan surtmada chuqurcha qilinib, unga adrenalin gidroxlorid 
eritmasi tomiziladi, so’ng unga kokain gidroxlorid qo’shiladi. U eriganidan so’ng surtma yaxshilab 
aralashtiriladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin