Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Sellyuloza va uning hosilasi
Sellyulozaning molekula qatori kraxmalga o‘xshash bo‘lib, glyukoza qoldiqlaridan 
tuzilgan, ammo xalkada joylashishi jixatidan farqlanadi. Sellyulozaning tarkibida gidroksil 
guruhi borligi eterifikatsiya natijasida, stabillash qobiliyati yuqori bo‘lgan birikmalar olish 
imkonini beradi.
Metilsellyuloza 
— sellyulozaning metil efiri, suvda eriydi.
Karboksimetilsellyuloza 
— sellyuloza bilan glikol kislotasidan hosil bo‘lgan efir.
Karboksimetilsellyuloza suvda erimaganligi uchun natriyli tuzi ishlatiladi. Metilsellyuloza va 
natriy karboksimetilsellyulozani, emulsiya tayyorlashda 1-2%li eritmasi qo‘llaniladi.
Tvinlar va spanlar
Sorbitalning sintetik
hosilalari,
emulsiya
hajmining
5-10%
hisobida
ishlatiladi.
Farmakologik jixatdan ular organizmga zararsiz.


EMULGATOR T-2
. Diefir triglitserin.
Mumga o‘xshash qattiq och jigar rang. Glitserinni 16-18 uglerod atomli moy kislotalari 
bilan 200°S da eterifikatsiya qilinishi natijasida olinadi. Ionogen bo‘lmagan SFM ning afzalligi 
emulgirlash xususiyatini o‘ziga xosligida. Emulgatorning balanslangan molekulasi birorta fazada 
erigan holda bo‘lmasdan fazalararo sathda tarqalgan bo‘ladi. Emulgator T-2 molekulasini yaxshi 
balanslangan deyish mumkin, chunki 100 ml turg‘un 10% emulsiyaga faqatgina 1,5 g. T-2 
sarflanadi. Ionogen emulgatorlar uchun ham balanslanganlik qoidasini tatbiqqilish mumkin. 
Balanslanish birinchidan, uglerod qatorining o‘zunligiga, ikkinchidan, ionogen guruhining suvga 
o‘xshashligiga qarab aniqlanadi.
Amfoter xususiyatli emulgatorlar
Bu guruh emulgatorlari oksil moddalardan hosil bo‘lgan. SHuning uchun ular pHi muxit 
xususiyatiga qarab nordon va ishqoriy turlariga bo‘linadi.
Jelatoza — (Gelatosa) 
— jelatinani suv bilan 1:2 nisbatda, avtoklavda 2 soat davomida 2
atm. bosimida to‘liqsiz gidroliz natijasida hosil bo‘lgan modda. Jelatinani shu usul bilan 
ishlanganda elimlash xususiyati yo‘kolib, emulgirlanish xossasi qoladi. Jelatozaning yaxshi navi 
arab elimiga tenglashadi. Jelatoza 1931 yilda M. G. Volpe tomonidan taklif qilingan.
Kazein, kazeinat natriy, quruq sutdan tayyorlangan emulsiya mikroorganizmlar uchun 
yaxshi muxit bo‘lgani sababli, ayniqsa yoz kunlarda tez buziladi. quruq sut tarkibidagi 
kazeinogen, albumin va globulinlar emulgirlash xususiyati bo‘lgan moddalar hisoblanib, uni 
emulgator sifatida ishlatish mumkin. Amfoter emulgatorlar asosan o‘simlik va xayvonlardan 
olingan bo‘lib, ular tarkibida fosfatidlar ko‘p. Bu sifat emulgatorlar nafaqat farmatsevtika, balki 
oziq-ovqat sanoatida ham keng qo‘llaniladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin