13-rasm. AN-3000 infundir apparat. Apparat silindrik korpusdan (1) iborat. Bu korpus suv hammomi sifatida ishlatilib uning suv
hajmini nazorat qiladigan oyna (9) va elektr qizdirgichi bor. Bu korpus metall kobik (2) bilan
qoplangan, unga boshqaruv panel (4) joylashtirilgan. Panelda quvvatni o‘zgartirgich (5) signal lampa
(6) va extiyot saqlaydigan asbob (predoxranitel) (7) joylashgan. Ishlatilmaganda suv hammomining
kamforqasi qopqog‘i bilan yopiladi, ish vaqtida infundir idishi (8) joylanadi. Uning ichida esa
teshikli savatchasi, xom ashyoni sikadigan qurilmasi, stakani bor. Teshikli stakanga xom ashyo
solinadi. Infundir idishiga esa suv hajmini aniqlovchi oyna belgisigacha suv solinadi. Kamforqani
qopqoq bilan yopib, apparat ulanadi. Bunda quvvat o‘zgargich ―3‖ holatga qo‘yiladi. Bunda quvvat
maksimal, ya‘ni 1200 Vt bo‘ladi. Suv hammomidagi suv qaynatgandan (taxminan 30 minutdan
keyin) keyin uning kamforqasiga to‘ldirilgan infundir idish o‘rnatiladi, yana qayta qaynatgandan
keyin apparat quvvatini ―2‖ yoki ―1‖ holatga o‘tkaziladi (300 yoki 600 Vt), bu suvning bir tekis
qaynashi uchun etarli. Belgilangan vaqtdan keyin apparat o‘chiriladi. Infundir idishni suv
hammomining kamforqasidan olib xona haroratigacha sovitgandan keyin xom ashyodan ajratma
qoldig‘i siqib olinadi. Bu apparatda 2 ta infundir idish bo‘lib, birinchisida
ajratmani sovitilayotganda, 2-sida (b) boshqa ajratmani tayyorlash mumkin. Bu esa ishda
ancha qulaylik tugdiradi. Apparatning hamma qismlari (ya‘ni ajratma tegib turadigan) indeferent,
korroziyaga chidamli materialdan ishlangan.
Damlama va qaynatmalarga sovitish vaqtining ta‘siri Damlamalar to‘la sovutilgandan keyin (ya‘ni 45 min) suziladi.
qaynatmalar uchun sovitish kam ahamiyatga ega, shuning uchun 10 min. dan keyin
suziladi. Lekin oshlovchi moddalar saqlagan o‘simliklar (toloknyanka, zmeevik, dub) xom
ashyosidan olingan qaynatmalarni tezda sovutmasdan suzib olish kerak. CHunki ular
sovitilganda loyqalanib qoladi.
Dorixonada ko‘p uchraydigan angishvonagul va bahorgi adonis o‘simliklaridan
tayyorlanadigan damlamalardir. Bu guruhga kiruvchi o‘simliklardan damlama tayyorlashda
qo‘yilgan talablarni to‘la bajarish kerak. Bu talablarga maydalik darajasi, ma‘lum vaqt
mobaynida damlash, issiqlik darajasi, damlash tartiblari aniq bajarilishi kiradi. Yurak glikozidlari
issiqlikka chidamsiz bo‘lgani uchun eritma issiqlik darajasini oshirib yuborishi, glikozidlarni
geninlarga parchalanishiga olib keladi, bu geninlar kam biologik faollikka ega. Sovitish vaqtini
qisqartirish angishvonagul ajratmasiga suvda erimaydigan digitoksinni o‘tishini, adonisda esa
adonitoksinni ajratma tarkibiga o‘tishini kiyinlashtiradi. Angishvonagul va adonis damlamalarini
tayyorlash uchun olingan angishvonagul bargi va adonis o‘ti biologik faol moddalar saqlash
jixatidan XDF tegishli moddalar talabiga javob berishi kerak. Agar saqlaydigan moddalari ko‘p
bo‘lsa, o‘simlik kam miqdorda olinadi, ta‘sir etuvchisi kam bo‘lsa, bu o‘simlikdan damlama
tayyorlanmaydi.