qizilmiya o‘simligi ildizidan qaynatma tayyorlashda 30 minutdan ko‘p qaynatish glitsirrizin
miqdorining kamayishiga olib keladi.
Oshlovchi modda saqlovchi o‘simliklardan qaynatma tayyorlash
Oshlovchi modda saqlovchi o‘simliklardan (dub po‘slog‘i, toloknyanka bargi, brusnika
bargi, chernika bargi, kalina po‘stlog‘i , ilontovon ildiz poyasi) hamma vaqt qaynatma
tayyorlanadi. Ta‘sir etuvchi moddani to‘liq ajralib chiqishiga o‘simlikni maydalanish darajasi
katta ta‘sir ko‘rsatadi. G. S. Mixaylova ko‘rsatmasi bo‘yicha dub po‘slog‘idan qaynatma
tayyorlashda 0,2 ml gacha kattalikkacha maydalash oshlovchi moddalarni ko‘prok ajralishiga,
undan ham maydarok qilib tayyorlanganda kam miqdor moddalar qaynatmaga o‘tishi
aniqlangan. Ikki tomonlama kutikula bilan qoplangan serin bilan to‘yingan qalin etli barglardan
faqat qaynatma tayyorlanadi. Masalan: toloknyanka bargidan hamma
vaqt qaynatma
tayyorlanadi. Toloknyanka ajratmalaridagi oshlovchi moddalar miqdori:
13-jadval
Ajratma nomi
Yozilishi
Miqdori
Arbutin
(oshlovchi modda)
Damlama
10,0 : 200
1,95
9,07
qaynatma
10,0 : 200
3,26
13,16
Rp.: Decocti foliorum Uvae Ursi 10,0 — 180 ml D.S.
bir osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichilsin.
SHuning uchun ham toloknyanka bargidan XDF ko‘rsatmasiga binoan damlama emas,
qaynatma tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: